Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2025

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Respublikasida 2025-yilni “Konstitutsiya va suverenitet yili” deb e’lon qilish haqida Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Farmoni


Mustaqil va suveren davlatga ega bo‘lish, milliy-ma’naviy qadriyatlarga, hamjihatlik, insonparvarlik, adolat va qonunning ustuvorligi tamoyillariga asoslangan rivoj topgan jamiyat qurish Ozarbayjon xalqining asrlar davomidagi eng ulug‘ orzusi bo‘lib kelgan. Tarixning turli bosqichlaridagi tashqi aralashuv va mahrumliklarga qaramay, xalqimiz milliy o‘zligini, kurashchanlik ruhini saqlab qoldi, o‘zining g‘oyalariga hamisha sodiq qoldi va XX asrning oxirlarida davlat mustaqilligini barpo etdi.

1991-yil 18-oktabrda qabul qilingan “Ozarbayjon Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy aktda yangi Konstitutsiyaning tayyorlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, 1991-1993-yillarda hokimiyatning mas’uliyatga sust qarashi jamiyat hayotining barcha sohalarida keskin inqirozga sabab bo‘ldi, mamlakatda anarxiyaning vujudga kelishi, davlat boshqaruvi mexanizmlari shakllanmaganligi, qonun ustuvorligi, fuqarolarning erkin, xavfsiz yashash huquqini ta’minlanishning imkoni bo‘lmadi.

Faqat 1993-yilda xalqning talabi bilan yana hokimiyatga qaytgan Umummilliy Lider Haydar Aliyevning buyuk qutqaruv missiyasi sababli o‘lkamizda kechayotgan xavfli jarayonlarning oldi olindi, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlandi va zamonaviy davlat qurilishining ishonchli poydevori yaratildi. Ulug‘ yo‘lboshchining bilvosita rahbarligi bilan tayyorlangan va 1995-yil 12-noyabrda qabul qilingan Ozarbayjon Respublikasining ilk Konstitutsiyasi mamlakatimizda keng miqyosli qonunchilik va institutsional islohotlarning asosini tashkil etdi. Ushbu Konstitutsiya mamlakatimiz mustaqilligining, suverenitetining va hududiy yaxlitligining asrab-avaylanishi, huquqiy va dunyoviy davlat qurilishi, fuqarolarimizning munosib turmush darajasini ta’minlash, dunyodagi mamlakatlar bilan do‘stlik va tinchlik sharoitida hamkorlikning ta’minlanishi kabi oliy niyatlarni amalga oshirishda muhim qonunchilik bazasi rolini o‘ynadi.

Konstitutsiyaning muqaddimasida Ozarbayjon davlat mustaqilligining, suverenitetining va hududiy yaxlitligining himoya qilinishi asosiy maqsadlardan biri sifatida e’lon qilingan. Lekin Armanistonning Ozarbayjonga qarshi tajovuzi natijasida tuproqlarimizning 20 foizi 30 yilga yaqin bosqin ostida qolishi Ozarbayjon Respublikasining suveren huquqlarini qo‘llash imkonini bermadi. Armanistonning bosqinchilik siyosatiga chek qo‘yish va mamlakatimizning hududiy yaxlitligining va suverenitetining barpo etilishi Ozarbayjon xalqi milliy g‘oyasining asosiy maqsadlaridan biriga aylandi, jamiyatimizning barcha imkoniyatlari ana shu taqdirli vazifani hal etishga qaratildi.

2020-yil 27-sentabrda Armanistonning provakatsiyalariga qarshi javob o‘laroq boshlangan Vatan urushidagi tarixiy g‘alaba va 2023-yil 19-20-sentabrda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli aksilterror operatsiyasi natijasida davlatimizning hududiy yaxlitligi va suvereniteti to‘liq tiklandi va Ozarbayjon Konstitutsiyasining qonuniy kuchi bosqindan ozod etilgan barcha hududlarda barqaror bo‘ldi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-sentabrdagi 294-sonli Farmoniga asosan, 20-sentabr Ozarbayjon Respublikasida Davlat suvereniteti kuni deb e’lon qilindi.

Bugun Ozarbayjon Respublikasi xalqimizning milliy manfaatlaridan kelib chiqib, yangi voqeliklar sharoitida mustaqil siyosatini yanada jasorat, dadil va prinsipiallik bilan davom ettiradi, Konstitutsiyaning talablari va o‘z suveren huquqlaridan kelib chiqib, oldinda turgan strategik maqsadlar sari dadil qadamlar tashlaydi.

Konstitutsiyamiz tomonidan e’lon qilingan niyatlardan biri sifatida hududiy yaxlitligimiz va suverenitetimiz to‘liq tiklanishini hisobga olib, 2025-yilda Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 30 yilligi va vatan urushidagi g‘alabamizning 5 yiligini inobatgan olgan holda, Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 32-bandiga asosan qarur qabul qilaman:
1. 2025-yil Ozarbayjon Respublikasida “Konstitutsiya va suverenitet yili” deb e’lon qilinsin.
2. Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Adminstratsiyasi Ozarbayjon Respublikasida 2025-yilning “Konstitutsiya va suverenitet yili” deb e’lon qilinishi bilan bog‘liq tadbirlar rejasiga doir takliflarini bir oy muddatda tayyorlab, Ozarbayjon Respublikasi Prezidentiga taqdim etsin.

Ilhom Aliyev
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti
Boku shahri, 2024-yil 28-dekabr


01.01.2025

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint