Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2025

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon va O‘zbekiston talabalarining ilmiy loyihalari qardosh yurtga bag‘ishlanadi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori Gulchehra Rixsiyeva mehmonlarni qutlar ekan, ikki tashkilot o‘rtasidagi ko‘p yillik samarali hamkorlik, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar haqida so‘zlab berdi. Talabalarning Ozarbayjon madaniyati va adabiyotiga bo‘lgan qiziqishi haqida gapirgan rektor Sharqshunoslik universitetida Ozarbayjon tilini o‘qitish muvaffaqiyatli davom ettirilayotganini alohida ta’kidlab, ushbu loyihani amalga oshirayotgan Ozarbayjon Madaniyat Markaziga minnatdorchiligini bildirdi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, rektorning so‘zlariga qo‘shimcha qildi va Ozarbayjon tili nafaqat muloqot vositasi, balki Ozarbayjon xalqining madaniy-tarixiy merosining tashuvchisi ekanligini, Madaniyat Markazi ushbu loyihani davom ettirishga va Universitet qoshida tashkil etilgan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjonshunoslik markazini turli zarur nashrlar bilan to‘ldirishga tayyorligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan ikki mamlakat bakalavr, magistr va doktorantlari tomonidan qardosh yurtga bag‘ishlangan mavzularda dissertatsiya va ilmiy loyihalar yozish, talabalar almashinuvi, qo‘shma kitoblar nashr etish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar Sharqshunoslik universiteti rahbariyati tomonidan ijobiy qabul qilindi.

10.02.2025



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint