Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2025

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda Ozarbayjon teatri kuni o‘tkaziladi.


Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli bilan Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori Azim Mullaxonov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Teatr direktori A.Mullaxonovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur teatr O‘zbekistonda yaratilgan ilk teatrlardan biri bo‘lib, qadimiy boy o‘tmishga ega. O‘zining boy va rang-barang repertuari bilan tomoshabinlarga havola etilayotgan teatr sahnasida bugun ham milliy va xorijiy mualliflarning spektakllari namoyish etilmoqda. Shuningdek, u teatr repertuarida Ozarbayjonning mashhur “Qaynona” spektakli borligini va bu spektaklning namoyishi doimo tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinishini ta’kidladi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori A.Marifli Ozarbayjonda uzoq va boy tarixga ega bo‘lgan teatr san’atiga katta e’tibor qaratilayotgani, 150 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan. Milliy teatr kuni har yili keng nishonlanayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon teatrining bugungi rivoji, avvalambor, teatrlarning moddiy-texnik bazasini zamonaviy jahon andozalari asosida mustahkamlashda, jamoalarning ijodiy izlanishlari natijasida yangi qiziqarli spektakllarni tayyorlashda, nufuzli G‘arb, jumladan, Yevropa teatrlari bilan tajriba almashishni kengaytirishda namoyon bo‘lmoqda.

Uchrashuv yakunida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida har yili o‘tkaziladigan an’anaviy xalqaro teatr kunlari doirasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Ozarbayjon teatri kunini o‘tkazishga kelishib olindi. Bu yerda Ozarbayjon musiqasi, raqslari, teatr tomoshalaridan sahna ko‘rinishlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, Madaniyat markazining Muqimiy nomidagi teatrida Ozarbayjonning teatr sanʼati, madaniyati, tarixi va adabiyotiga oid kitoblar, yangi musiqiy partituralar, oʻzaro gastrol safarlari, Ozarbayjondan taklif etilgan sanʼatkorlar ishtirokida mahorat darslari, rejissyorlik va aktyorlik saboqlari tashkil etiladi.

21.02.2025



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint