Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2025

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda Xo‘jali fojiasining sodir etilganiga 33 yil to‘layotgani munosabati bilan xotira marosimi bo‘lib o‘tdi.


Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Xo‘jali qirg‘inining 33 yilligi munosabati bilan xotira marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistondagi fan, madaniyat va san’at namoyandalari, Ozarbayjondan kelgan mehmonlar, diaspora faollari, ziyolilar, jamoatchilik vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Marosim avvalida ishtirokchilar foyeda Xo‘jali fojiasi aks ettirilgan foto va kitoblar ko‘rgazmasini tomosha qilishdi.

Markazdagi Haydar Aliyev muzeyida o‘tkazilgan marosimda qirg‘in qurbonlari xotirasi bir daqiqalik sukut bilan yodga olindi, fojia haqida hujjatli film namoyish etildi. Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev o‘z nutqida 1992-yil 25-fevraldan 26-fevralga o‘tar kechasi arman bosqinchi qo‘shinlari qamalda qolgan nochor shahar Xo‘jaliga og‘ir texnika, tanklar va yirik kalibrli qurollar bilan hujum qilganini aytdi.

Elchi fojia paytida halok bo‘lganlar haqidagi aniq faktlarga to‘xtalib, Xo‘jali genotsidi nafaqat Ozarbayjon xalqiga, balki butun insoniyatga qarshi sodir etilgan og‘ir jinoyat ekanligini eslatdi. H.Guliyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning uzoqni ko‘zlagan siyosati tufayli yerlarimiz nihoyat ishg‘oldan ozod etilgani, bosqinchilar o‘z munosib jazosini olganini ta’kidladi.

Elchining aytishicha, 2008-yildan buyon Xo‘jali qirg‘inini jahon hamjamiyatiga yetkazish maqsadida Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva tashabbusi bilan “Xo‘jali uchun adolat” xalqaro kampaniyasi o‘tkazilmoqda. Haydar Aliyev jamg‘armasi Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikaning bir qator mamlakatlarida Xo‘jali qirg‘iniga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazdi va bu boradagi faoliyati bugun ham davom etmoqda.

“O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov Xo‘jalida tinch aholining vahshiylarcha o‘ldirilishini qoralab, qardosh Ozarbayjon xalqiga qarshi jinoyatning barcha tashkilotchilari javobgarlikka tortilishi muhimligini ta’kidladi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Adhambek Alimbekov, shoira va tarjimon Shahlo Qosimova, o‘zbek shoiri Karim Bahriyev va boshqalar o‘sha mudhish kechada yuzlab tinch aholi vakillari, jumladan, yosh bolalar va qariyalar o‘ldirilgani, minglab isonlar qurboni bo‘lganini ta’kidladi.

So‘ngra shoira Iroda Aliliyning O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ko‘magida o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Xo‘jali: guvohlar gapiradi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitob muallifi Iroda Aliliy Xo‘jali fojiasini asrning eng katta genotsidlaridan biri sifatida ta’riflab, kitobni yaratilishi haqida gapirdi.

24.02.2025



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint