XABARLAR 2025
Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida milliy raqs san’ati
sohasida kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasi taklifiga binoan Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi ushbu akademiyaga tashrif buyurdi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli va Xoreografiya akademiyasi rektori Shuhrat To‘xtasinov o‘rtasidagi uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida madaniyat va san’at, ta’lim, fan va tajriba almashish sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar milliy raqs san’ati sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish, mahorat darslari tashkillashtirish, musiqa, milliy madaniy meros va san’at sohasida ikki davlatning tegishli muassasalari o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini tasdiqlashga kelishib oldilar.
10.03.2025