Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2025

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Navro‘z – milliy qadriyatlar va madaniy aloqalar bayrami” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.


Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan “Navro‘z – milliy qadriyatlar va madaniy aloqalar bayrami” nomli konsert dasturi oʻtkazildi.

Madaniyat Markazining keng hovlisida o‘tkazilgan bayram tadbirida O‘zbekiston fan, madaniyati, adabiyoti va san’ati namoyandalari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, Toshkentdagi Ozarbayjonlik hamyurtlarimiz, jurnalistlar ishtirok etdi.

Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev Navro‘z bayrami tarixi haqida ma’lumot berdi. Elchi Navro‘z bayramining ahamiyati haqida gapirib, barchaga farovonlik tiladi. Uning aytishicha, bu bayram turkiy tilli va boshqa xalqlarning aziz milliy bayramidir. Navro‘z qadimdan tinchlik, insonparvarlik va osoyishtalik ramzi sifatida ma’lum. Elchining aytishicha, 2010-yilda Ozarbayjon, Albaniya, Turkiya, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Makedoniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 21-martni Xalqaro Navro‘z kuni deb tan olish to‘g‘risida bir ovozdan rezolyutsiya qabul qilgan.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Akif Mariflining aytishicha, Navro‘z bayrami azaldan to‘kinlik, baraka, baxt va poklik ramzi bo‘lib kelgan. Navro‘z ham tinchlik, osoyishtalik, ishonch va sadoqatga chaqiruvchi bayramdir. Uning bildirishicha, janob Prezident Ilhom Aliyevning milliy-madaniy merosimizni muhofaza qilish borasidagi siyosati samarasida Navro‘z bayrami YuNESKO tashkilotining Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. Bu umumiy qadriyatlarimizning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi va himoya qilinishining muhim ko‘rsatkichidir. A.Marifli, shuningdek, Navro‘z bayrami O‘zbekistonda ham yuqori saviyada nishonlanishini ta’kidladi.

So‘ngra Ozarbayjondan taklif etilgan xalq artisti Zobit Nabizoda, taniqli xonandalar O‘rxon Jalilov, Oyshan Mehdiyevalar mug‘om, xalq va bastakor qo‘shiqlarini ijro etdi. Ularga xizmat ko‘rsatgan artist Sohib Poshozoda (tor) va Samarqandda o‘tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali g‘olibi, xizmat ko‘rsatgan artist Xayyom Mammadov (kamoncha) joʻrlik qildi. Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon” raqs ansambli a’zolari milliy raqslarimizni, O‘zbekistonda taniqli Ozarbayjon sozandasi Ilhom Abdullayev qadimiy xalq kuylarini ijro etdi.

Tadbirda Madaniyat Markazi teatr jamoasi tomonidan “U boʻlmasin, bu boʻlsin” spektakli sahnalashtirildi. O‘zbekistonlik talabalar tomonidan taqdim etilgan spektakl mehmonlar tomonidan katta olqishlar bilan kutib olindi. Bayramda tadbir ishtirokchilariga Navro‘z shirinliklari tarqatildi. Muqaddas chorshanba ramzi boʻlgan tuxum jangi namoyish etildi. Yakunda Navro‘z bayrami ramzi bo‘lgan gulxan yoqilib, yosh ijrochilar gulxan atrofida davra qurib raqsga tushishdi.

19.03.2025

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint