Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2025

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda oʻtkazilgan “Xalqaro teatr haftaligi”da
Ozarbayjon ilk bor tamsil qilindi.


Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi tashkilotchiligida 27-mart Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida ilk bor Ozarbayjon milliy teatriga bag‘ishlangan “Do‘stlik sahnalari” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi va Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari, O‘zbekiston madaniyat va san’at arboblari, Ozarbayjon diasporasi vakillari, talabalar, vatandoshlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri direktori o‘rinbosari Xayrulla Inagʻomov mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbek teatrlari vaqti-vaqti bilan Ozarbayjon mumtoz musiqali komediyalariga murojaat qilib kelgani va doimo muvaffaqiyat qozonganini ta’kidladi. Ozarbayjon mualliflari asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllar hamisha katta qiziqish bilan qarshi olinganini ham aytib oʻtdi. X. Inagʻomov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri Ozarbayjon davlat musiqali komediya teatri va boshqa Ozarbayjon teatrlari bilan keng aloqaga ega ekanligini, ikki yil avval Bokuda Majid Shamxalovning “Qaynona” komediyasi bilan gastrol safarlarda boʻlganini va spektakllar muvaffaqiyatli oʻtganini, tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinganini taʼkidladi. X.Inagʻomov bugungi konsert-spektakl dasturi ham O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorlik doirasida o‘tkazilayotganini aytib oʻtdi.

Keyinroq so‘zga chiqqan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli esa Ozarbayjonda 10-mart “Ozarbayjon milliy teatri kuni” sifatida nishonlanishini bildirdi. Ozarbayjon teatrining poydevori 1873-yilda qo‘yilgan bo‘lib, 152 yil davomida katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Ozarbayjon teatri butun Sharq, jumladan, Oʻzbekiston teatrining yaratilishi va rivojlanishiga ham katta hissa qoʻshgan. Ozarbayjonda ham, O‘zbekistonda ham teatrning tashkil etilishi mart oyida bo‘lgan va bu bizning do‘stligimiz, birodarligimiz yaqinligidan yana bir bor dalolat berishini bildirdi. Ozarbayjon Madaniyat Markazi O‘zbekistonda Ozarbayjon teatrini targ‘ib qilish borasida ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, yaqinda Madaniyat Markazida yoshlardan iborat teatr truppasi tashkil etilgan boʻlib, ushbu truppa aʼzolari tomonidan ozarbayjonlik mualliflarning spektakllari sahnalashtiriladi.

Bundan tashqari, Madaniyat Markazi tomonidan mumtoz va zamonaviy Ozarbayjon mualliflari dramalarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, teatrlarga berish ishlari ham boshlab yuborilgan. A.Marifli Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri bilan ushbu hamkorlik teatr sohasidagi aloqalarimizni yanada kengaytirish, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini aytdi.

Konsertda Muqimiy teatri aktyorlari tomonidan Uzeyir Hojibeylining “Arshin mol olan”, Majid Shamxalovning “Qaynona”, Ozarbayjon Madaniyat Markazi teatr truppasi tomonidan esa “U boʻlmasin, bu boʻlsin” musiqali komediyalaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Yuqorida tilga olingan komediyalarda Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon” raqs ansambli ham musiqiy kompozitsiyalar va raqs chiqishlari bilan ishtirok etdi.

Konsert raqs va aktyorlar ijrosidagi “Biz mehribon oilamiz” qo‘shig‘i bilan yakunlandi.

01.04.2025

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint