Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2025

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjonlik san’at ustalari tomonidan ilk bor O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun mahorat darslari o‘tkazildi.


Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazining O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti bilan kelishuvi asosida Madaniyat Markazining tashabbusi va tashkilotchiligi, Xalqaro Mugʻom Markazining koʻmagi bilan Ozarbayjon madaniyati, sanʼati, adabiyoti va tarixiga oid mavzularning Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlariga kiritilishi loyihasi doirasida Ozarbayjon Respublikasi xalq artisti Zobit Nabizoda, Ozarbayjon Respublikasida xizmat koʻrsatgan artistlar Sohib Poshozoda va Xayyom Mammadovlar tomonidan institutlarning talabalariga maʼruzalar oʻqildi va mahorat darslari oʻtkazildi.

Ma’ruza oldidan ozarbayjonlik ijodkorlar fakultetlarda darsning tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdilar, professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, muhokama qildilar va oʻzaro fikr almashdilar.

Zobit Nabizoda va Xayyom Mammadov Ozarbayjon milliy mug‘om san’ati va O‘zbek milliy maqom san’atining ma’naviy boylikni oshirish, ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Ozarbayjon mug‘omlari, xalq qo‘shiqlari, tasniflari haqida keng ma’lumotlar berib, ularning ijro uslubi, mug‘omdagi g‘azallarning tanlanishi, xususiyatlari haqida yig‘ilganlarga izohlab berdilar. Mahorat darslari doirasida mug‘omlarimiz ijro etildi, dastgoh tushunchasi, bo‘limlar ketma-ketligi tomoshabinlarga mahorat bilan yetkazildi.

Sohib Poshozoda yetti asosdan iborat Ozarbayjon mugʻomlari - rost, shur, segoh, johorgoh, bayoti-sheroz, humoyun va shushtar kabilarning xarakter, ijro xususiyatlarini, boshqa oʻlkalarning mugʻomlarida uchramaydigan farqli jihatlarini juda professional shaklda professor-oʻqituvchilar va talabalarga tushuntirib berdi.

Bundan tashqari, u tor ijrochiligida bir qancha Ozarbayjon bastakorlari asarlarining interpretatsiya uslubi, cholg‘uning texnik va badiiy imkoniyatlari haqida keng ma’lumot bergan holda, ulardan bir qancha asarlarni ijro etdi. Har bir ijrodan keyin asar ijrosi va uni tomoshabinlarga qanday taqdim etish kerakligini tushuntirib berdi.

Shuni ham aytish kerakki, bir necha kun davom etgan mahorat darslarida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, jurnalistlar ishtirok etdi.

03.04.2025

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint