XABARLAR 2025
O‘zbekistonda “Xalqlarning odat-an’analari va oshxonasi” nomli xalqaro festivali o‘tkazildi.
Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston universitetida “Xalqlarning madaniy an’analari va oshxonasi” deb nomlangan xalqaro festival bo‘lib o‘tdi va ushbu festivalda ishtirokchilar o‘z mamlakatlari tarixi, madaniyati, milliy taomlarini targ‘ib qildilar.
Tadbirda O‘zbekistondagi elchixonalar va madaniyat markazlari ishtirok etdi.
Festivalda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi Ozarbayjon milliy stendi bilan namoyish etildi.
Ozarbayjonga bagʻishlangan burchakda Ozarbayjon bayrogʻi, ulugʻ yoʻlboshchi Haydar Aliyev hayoti va faoliyati, Prezident Ilhom Aliyev rahnamoligida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga oid kitoblar, Haydar Aliyev jamgʻarmasi tomonidan “Qorabogʻ haqiqatlari” turkumida rus va ingliz tillarida chop etilgan nashrlar, Ozarbayjon Madaniyat Markazining Toshkentda oʻzbek tilida chop ettirgan Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, madaniyati va adabiyotiga oid kitoblari, Ozarbayjon madaniyati, tarixiga oid asarlar, suvenirlar namoyish etildi.
Ozarbayjon burchagiga tashrif buyurganlarga palov, doʻlma, turli gutablar, dovgʻa va shirinliklarimiz – shakarbura, paxlava taqdim etildi. Mehmonlar Ozarbayjon choyidan ham tatib ko‘rdilar. Burchakka kelganlarga mamlakat tarixi, Ozarbayjon-O‘zbekiston do‘stligi haqida ma’lumot berildi.
Festivalda ishtirok etgan boshqa mamlakatlar ham o‘z xalqining madaniyati, qo‘shiq va raqslari, oshxonasi namunalarini namoyish etdi. Mehmonlar o‘zbek milliy liboslari namoyishi, dorbozlar chiqishi va sirk ustalarining qiziqarli taqdimotlarini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.
Festival doirasida tashkil etilgan konsertda Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshidagi “Ozarbayjon” raqs ansambli a’zolari milliy raqslarimizni ijro etdilar.
07.04.2025