Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2025

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda Mirzo Qadim Iravoniy ijodiga bag‘ishlangan rasmlar ko‘rik- tanlovi e’lon qilindi.


Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti janob Ilhom Aliyevning mashhur Ozarbayjon naqqoshi va rassomi bo‘lmish Mirzo Qadim Iravoniy tavalludining 200 yilligini nishonlash haqidagi farmoniga muvofiq O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashkilotchiligi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi qo‘llab-quvvatlovi asosida “Sharq birligi: Mirzo Qadim Iravoniy va O‘zbek naqshlari” mavzusida rasmlar ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.

Mazkur ko‘rik-tanlov Mirzo Qadim Iravoniy singari boy madaniy merosga ega shaxsning ijodini o‘rganish, targ‘ib qilish va kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Mirzo Qadim Iravoniy XIX asr Ozarbayjon milliy rassomlik sanʼatining taniqli namoyandalaridan biri sifatida rangtasvirning boy anʼanalarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshganini ta’kidlash lozim. Uning ijodi, ayniqsa, Sharq rangtasvirining estetik va kompozitsion tamoyillarini zamonaviy davrga mos tarzda taqdim etishi bilan ajralib turadi. Rassomning asarlarida ham uning Ozarbayjon madaniyati, tarixi va badiiy merosiga bo‘lgan chuqur sadoqati aks etgan.

Ushbu tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, Mirzo Qadim Iravoniy ijodi va ilk Ozarbayjon milliy-zamonaviy rassomlik an’analarini xorijda va yosh avlod o‘rtasida keng targ‘ib etishdan iborat. Shuningdek, ushbu ko‘rik-tanlov ishtirokchilari Sharq san’atining boyligi va Mirzo Qadim Iravoniy singari buyuk ijodkorning yaratgan asarlaridan ilhomlanib, o‘z ijodiy salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayni paytda bu tashabbus Mirzo Qadim Iravoniyning boy san’at olamiga, merosiga hurmat-ehtiromni yana bir bor kun tartibiga olib chiqadi, uning ijodini kelajak avlodlarga yanada kengroq tanishtirish imkonini ham yaratadi.

Tanlovning yana bir maqsadi esa Mirzo Qadim Iravoniy san’atini o‘rganish va ijodining mazmun-mohiyatini namoyon etish, Sharq rassomligi an’analarini asrab-avaylash, bu san’atning zamonaviy davrdagi tatbiqini ko‘rsatish, yosh rassomlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga imkoniyat yaratishdan iborat.

Tanlovda barcha yoshdagi rassomlar, shuningdek, naqqoshlik va dekorativ san’at sohasida faoliyat yuritayotgan iste’dodli shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar tegishli komissiya tomonidan baholanadi.

Tanlovda saralangan ijodiy ishlar Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida tashkil etiladigan maxsus ko‘rgazmada namoyish etiladi va g‘oliblarga mukofotlar topshiriladi.

09.04.2025

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint