Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2025

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekiston musiqa va ijro san’ati institutida Ozarbayjon markazini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli va Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori Eldor Shermanov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Rektor o‘zi rahbarlik qilayotgan oliy ta’lim muassasasi haqida gapirar ekan, Musiqa va ijro san’ati institutida an’anaviy milliy musiqa san’atimiz “maqom” (mug‘om), “baxshi” va “katta ashula” ijrochiligi yo‘nalishida kadrlar tayyorlanayotganini ta’kidladi. Eldor Shermanov ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga toʻxtalar ekan, XX asr boshlarida taniqli Ozarbayjon bastakori Uzeyir Hojibekovning “Koʻroʻgʻli”, “Layli va Majnun” operalari “U bo‘lmasin, bu bo‘lsin”, “Arshin mol olan” musiqali komediyalari o‘zbek tomoshabinlarining qalbidan joy olganini aytdi va O‘zbekistonning musiqasi - sahna, konsert-spektakl repertuari va pedagogik tajribaning ajralmas qismiga aylangan ilk musiqali-dramatik, opera spektakllarining yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli o‘zbek tinglovchilariga ma’naviy jihatdan yaqin bo‘lgan Ozarbayjon musiqasi O‘zbekiston madaniyatida hamisha muhim o‘rin tutganini, 1997-yildan buyon O‘zbekistonda o‘tkazib kelinayotgan “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalida Ozarbayjon 3 marta Gran-Pri va boshqa yuksak mukofotlarga sazovor bo‘lganini alohida ta'kidladi. Diplomat shuningdek, turkiy dunyo oilasining ikki a’zosi bo‘lgan Ozarbayjon va O‘zbekiston tarixan yaqin madaniy-adabiy aloqalarga ega ekani, davlat rahbarlari janob Prezident Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyev madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. Har ikki xalq bir-birining madaniyati va adabiyotidan vaqti-vaqti bilan bahramand bo‘lib turadi, bu esa mushtarak turkiy musiqaning yanada boyishiga zamin yaratadi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda Ozarbayjon musiqa san’atiga bo‘lgan alohida e’tiborni inobatga olib, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutida Ozarbayjon markazini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

27.01.2025

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint