XABARLAR 2025
O‘zbekistonda Ozarbayjon yoshlari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
2-fevral Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi va tashkilotchiligi asosida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari, mamlakatimiz fan, madaniyat va san’at namoyandalari, diasporamiz vakillari, jamoatchilik vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev 1997-yilda Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev tomonidan ta’sis etilgan Yoshlar kuni haqida ma’lumot berib, Ozarbayjonda ham, O‘zbekistonda ham yoshlarga davlatimizning yuksak e’tibor va g‘amxo‘rligi qaratilayotganini ta’kidladi. Elchi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rahbariyati bilan mamlakatimizda erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar haqida suhbatni ochib, davlatimiz rahbarining yoshlarga ko‘rsatayotgan e’tibori, g‘amxo‘rligi haqida gapirib, ularning keyingi yillarda turli lavozimlarda ko‘tarilganini alohida ta’kidladi. Husayn Guliyev jamiyatimizning yetakchi kuchi bo‘lgan yosh avlodni yuksak saviyada va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash davlatimiz uchun muhim masalalardan biri ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuhrat To‘xtasimov so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan aloqalar rivojiga to‘xtalib, Boku xoreografiya akademiyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani va qo‘shma loyihalar haqida ma’lumot berdi, bu haqida kitob chop etish borasidagi tashabbuslar borasida gapirdi.
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek musiqa san’ati instituti rektori Eldor Shermanov Ozarbayjonning yoshlarga oid siyosati tahsinga sazovor va muvaffaqiyatli ekani, O‘zbekistonda bu borada davlat tomonidan muhim ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. U O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan 2024-yil mamlakatda Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilinganini ta’kidladi.
Tadbirning badiiy qismida Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshidagi “Ozarbayjon” raqs ansambli va O‘zbekiston “Navbahor” davlat raqs ansambli a’zolari hamda Boku xoreografiya akademiyasi talabasi Aslana Aliyeva tomonidan xalqimizning milliy raqslarini ijro etishdi. O‘zbekistonlik xonanda Dilnoza Akbarova, ozarbayjonlik xonandalar Vohid Aliyev va Fotima Iskandarovalar Ozarbayjon va o‘zbek qo‘shiqlarini ijro etishdi. Ularning chiqishlari olqishlar bilan kutib olindi.
01.02.2025