XABARLAR 2025
Ozarbayjon Madaniyat Markazi va O‘zbekiston Milliy musiqa san’ati instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va O‘zbekistondagi Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa san’ati instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjatni Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori va Milliy musiqa san’ati instituti rektori Eldor Shermanov imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, tomonlar ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasida madaniyat, san’at, musiqa, ta’lim, fan sohalaridagi aloqalarni yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli ishlarni olib boradilar.
Hujjatda milliy musiqa san’atini tadqiq etish va rivojlantirish, musiqa ta’limi bo‘yicha almashinuv dasturlari, qo‘shma madaniy festivallar, ko‘rgazmalar va konsert dasturlari tashkil etilishi qayd etilgan.
Hujjatga koʻra, Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutida “Ozarbayjon markazi” tashkil etilishi ham koʻzda tutilgan. Bu yerda Madaniyat Markazi “Ozarbayjon markazi”ning Ozarbayjon tili, adabiyoti, tarixi, madaniyati, sanʼati, milliy cholgʻu asboblariga oid nashrlar bilan taʼminlashni oʻz zimmasiga olishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti oʻz imkoniyatlaridan foydalangan holda ozarbayjon tili, musiqasi va madaniyatini oʻqitishni tashkil etadi va bu borada Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorlik qiladi.
04.02.2025