Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

Madaniyat Markazi kutubxonasi

Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining kutubxonasi 2010 yil 27 sentyabrda ushbu Markaz ochilganidan beri ish yuritadi.

Kutubxona Madaniyat markazining birinchi qavatida joylashgan.
Madaniyat Markazi kutubxonasi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi, O'zbekiston va Ozarbayjon tomonidan sovg'a qilingan kitoblardan tashkil topgan.

Kutubxona fondida ozarbayjon, o'zbek, rus va ingliz tillarida uch mingga yaqin kitob va jurnallar mavjud.

Shuningdek, Markaz kutubxonasi turli tadbirlar (davlat tadbirlari, xotira kunlari, ozarbayjon madaniyatini targ'ib qilish) uchun bannerlar, plakatlar, bukletlar va elektron nashrlar bilan ta'minlangan. Ayni paytda Markazning elektron nashri (film, musiqa) fondini rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Kutubxonada buyuk rahnamo Haydar Aliyevning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan doimiy ko'rgazma tashkil etilgan.

"Kutubxonaning oltin fondi" tarkibida buyuk rahbar Haydar Aliyev va Ilhom Aliyev, madaniyat, milliy siyosat haqidagi nashrlar, shuningdek Ozarbayjonning boy madaniyati, san'ati, adabiyoti, musiqasi, iqtisodiyoti, oshxonasi, islom qadriyatlari haqidagi kitoblar, shuningdek boshqa sohalar oid kitoblar, ensiklopediyalar va nashrlar saqlanadi. Markaz kutubxonasida o'quvchilar Ozarbayjon Milliy Entsiklopediyasi nashriyotidan foydalanishlari mumkin.

Ayni paytda Markaz kutubxonasida 166 ga yaqin o'quvchi bor. O'quvchilarning 70 foizini yoshlar, 20 foizini o'rta yosh, 10 foizini nafaqaxo'rlar tashkil etadi.

Kutubxonada o'quvchilar Ozarbayjon va O'zbekiston adabiy muhiti haqidagi nashrlardan foydalanishlari mumkin.

Markaz kutubxonasining ishlash tartibi: kutubxona haftada besh kun davomida, shanba va yakshanbadan tashqari, har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Kutubxonaga yozilish uchun shaxsiy guvohnoma lozim.
Kutubxona telefoni: 293-53-56







Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint