Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

Ozarbayjon kinosi


  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8


Yaratilganidan buyon xalqimiz ma'rifati, estetik didini shakllantirish, milliy-vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlashda Ozarbayjon kinosi o'ziga xos rol o'ynab, milliy ma'naviy qadriyat va odat-an'analarimizni avaylab asrab kelmoqda.

Prezidentimizning 2018 yil 31 yanvardagi "Ozarbayjon kinosining 120 yilligini nishonlash to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, bu muhim sana mamlakatimizning barcha burchaklarida qator tadbirlar bilan nishonlanmoqda.

Jahon kinosi tarixiga to'g'ri kelgan Ozarbayjon kinosi ham dastlab ovozsiz va oq-qora, keyinchalik esa rangli va ovozli bo'lgan. Ozarbayjon kinosi tarixi 1898 yildan boshlanadi. Shu yili "Shahar bog'ida xalq sayri", "Bozor ko'chasi tong chog'i","Vokzalga poyezd kirish"," Bibi-Eybatdagi neft bulog'ining olovi " va boshqa filmlar suratga olindi. 1900 yilda Parijdagi Jahon ko'rgazmasida "Bibi-Heybatdagi neft favvorasining olovi" va "Balaxanidagi neft favvorasi" xronikalari namoyish etildi.1935 yilgacha Ozarbayjonda ovozsiz filmlar suratga olingan bo'lsa-da, ular ham hujjatli, ham badiiy janrlarida bo'lgan.

Ozarbayjondagi birinchi to'liq metrajli badiiy film 1916 yilda yozuvchi Ibrohimbek Musabekovning melodrama janridagi "Neft va millionlar saltanatida" qissasi asosida suratga olingan. Shunday qilib, kino solnomamizda yangi sahifa ochildi - badiiy film suratga olish uchun asos solindi.

Biz 100 yilligini nishonlagan Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining tashkil topishi munosabati bilan 1919 yilda "Ozarbayjon mustaqilligining bir yilligi" nomli to'liq metrajli hujjatli film suratga olindi va namoyish etildi.

Ozarbayjonda birinchi ovozli filmni ishlab chiqarish 1935 yilda "Moviy dengiz sohilida" badiiy filmi bilan boshlandi. Ovozli kinoning paydo bo'lishi bilan hujjatli kinoning ijodiy imkoniyatlari ham kengaydi. 1936 yilda atoqli yozuvchimiz Yu. V. Chamanzaminli tomonidan sovet kinosidan tarjima qilingan "Chapayev" filmining ozarbayjon tilida ovozlantirilishi bilan kino san'atimizga dublyaj asoslari qo'yildi.


Ikkinchi Jahon urushi davrida Ozarbayjon kinosi


Urush yillarida Sovet Ittifoqida 3,5 mln. metrlik film suratga olingan, 34 ta to'liq metrlik, 67 ta qisqa metrlik film, 24 ta front xronikasi, "Soyuzkinojurnal" va "Novosti dnya" ("Kun yangiliklari") kinojurnallarining 465 dan ortiq sonlari chiqarildi. Bu yangilik va filmlarni yaratishda Ozarbayjon kinematografchilarining ham xizmatlari oz bo'lmagan.

Umuman, Boku kinostudiyasining 40 dan ortiq ijodiy xodimlari urushda qatnashgan, ayrimlari urushdan qaytib, sevimli kasbini davom ettirgan, ko'pchiligi halok bo'lgan yoki bedarak yo'qolgan. Masalan, Ozarbayjonning birinchi kinooperatori Kamol Ismixanov bedarak yo'qolgan. Taniqli bastakor va jamoat arbobi Muslim Magomayevning o'g'li Muhammad Magomayev urushdan oldin Boku kinostudiyasida rassom bo'lib ishlagan. 1935 yilda "Abbosning badbaxtligi" nomli ilk animatsion film ijodkorlaridan biri bo'lgan. Muhammad Magomayev armiya safida Berlingacha yetib bogan, II darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. U og'ir janglardan birida yaralangan safdoshini qutqarayotib, g'alabadan 10 kun oldin 29 yoshida halok bo'lgan.

Urush arafasida va urush paytida Boku kinostudiyasida xodimlar soni quyidagicha bo'lgan: 1940 yilda 360 kishi ishlagan, 1941-1942 yillarda 120 kishi (o'sha paytda kinostudiyada uch nafar o'rniga bir nafar ishlagan), 1943 yilda 250, 1944 yilda 300 xodim ishlagan.


136 mamlakatda namoyish, 86 tilga tarjima va 5 miliard rubl mablag'


1945 yilning kuzida chiqqan "Arshin mal Alan" filmidan so'ng Ozarbayjon kinosida musiqali komediya janriga nisbatan moyillik kuchaydi. Film namoyishi haqiqiy san'at bayramiga aylandi, uning nomi Ozarbayjon kinosi tarixida oltin harflar bilan bitilgan. Film ijodkorlari Uzayir Hojibekov dahosining ijod mevasi bo'lgan bu yorqin asardagi insoniy g'oyani, komediya kuylarining go'zalligi va rango-rangligini tomoshabinlarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdi. Filmning eng katta muvaffaqiyat uning birinchi ko'rishdayoq sevilgan unutilmas suratlaridir.

Film ekranlarga chiqqanidan so’ng ikki yil ichida film 5 milliard rubl keltirdi. Ushbu filmning ekranlarga chiqarilishi hech oson bo'lmagan. "Arshin mal Alan" Stalinning sevimli operettalaridan biri edi. U pьesani 1938 yilda Moskvada Ozarbayjon san'ati dekadasida ko'rgan. O'sha paytda Bulbul Asqarning partiyalarini kuylagandi. Uzayir bekning esdaliklariga ko'ra, filmni tomosha qilgach, san'atkorlar sharafiga hashamatli ziyofat berilgan.

Ziyofatda Uzeyirbek Stalin bilan Molotovning o'rtasida o'tirgan ekan. Iosif Vissarionovich birdan bastakor tomonga egilib, arshin molchidan qo'shiq kuylaydi va "Men hali Tbilisida yashagan yillarimdan bu asar bilan tanishman. Butun Gruziya komediyaning yoqimli qo'shiqlarini qanday kuylagani yodimda" deydi.

Hozirgacha Ozarbayjon milliy kinosining eng muvaffaqiyatli filmlaridan biri hisoblangan "Arshin mal alan" 136 mamlakatda namoyish etilib, 86 tilga tarjima qilingan.

1956 yilda kinomizda yana bir sifat o'zgarishi ro'y berdi - "U bo'lmasin, bu bo'lsin" nomli birinchi rangli badiiy film suratga olindi. Uzeyir Hojibeyevning ushbu komediyasining ekranga chiqishi ham milliy kinomizga shuhrat keltirdi. Qiziq, dunyoda bir ekran asari kabi, so'zma-so'z, jumla-jumla xotiralarga muhrlanib, har bir detali bilan og'izdan-og'izga o'tib, tillarda doston bo'lgan shunday film bormikan?! Film jahonning 40 dan ortiq mamlakatida namoyish etilgan.


"Uzoq sohillarda" qadrdon qahramonlar yoki odamlar orasidagi "Mixaylo"


O'tgan asrning 50-yillari boshlarida yozuvchilar Imron Qosimov va Hasan Seydbeylining "Uzoq sohillarda" romani qisqa vaqt ichida keng kitobxonlar e'tirofini qozondi. Kitob qo'lma-qo'l bo'lib, ikkinchi Jahon urushi yillarida xalqimizning qahramon o'g'loni Mehdi Husaynzodaning vatanidan uzoqda Adriatika dengizi sohilida, Triyest shahri atrofida xalqaro partizanlar brigadasi razvedkachisi sifatida ko'rsatgan afsonaviy mardliklari haqida o'quvchilarga keng ma'lumot beradi.

Yoshlarni qahramonlikka, ona Vatanni ko'z qorachig'idek asrashga, sevishga chorlovchi bu san'at asari 1958 yilda ekranga chiqqanidan so'ng Ozarbayjon kinosida haqiqiy voqea bo'ldi.

Tomoshabinlar fashistlar jonini talvasaga solgan vatandoshimiz "Mixaylo" o'zining partizan do'sti Veselin bilan birgalikda eng murakkab operatsiyalarni qanday amalga oshirayotganini kiprik qoqmay, chuqur hayajon bilan kuzatardi. "Uzoq sohillarda" filmi xalqimiz uchun keyinchalik yuz beradigan Qorabog' urushiga qahramonlar tayyorlaydigan haqiqiy maktab bo'ldi.


Ozarbayjon kinosining uyg'onish davri


1970 va 1980 yillarning birinchi yarmida Ozarbayjon kinosi uyg'onish davrini boshdan kechirdi. Kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan filmlar milliy ma'naviy qadriyatlarni targ'ib yetish, milliy ongni shakllantirish va yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb yetdi. Yillar davomida madaniyatimizning oltin fondiga kiritilgan mavzu va mahorati bilan e'tiborga loyiq, madaniyatitimizning oltin fondini tashkil etuvchi filmlar yaratildi. Jami 110 ta badiiy, 500 ta hujjatli va ilmiy-ommabop filmlari, shuningdek, 44 ta multfilm suratga olindi. O'sha yillarda badiiy filmlar:" Bir janubiy shaharda", "Jabish muallimimiz", "Ujar Kura", "Sheriklik non"," Darvish Parijni portlatadi", "Etti o'g'il istayman", "So'nggi dovon"," Nasimiy"," Dede Qo'rqut", "Babek"," Nizomiy " va boshqalar. Mazmun va janr jihatidan san'atga yangilik olib kiradigan bu filmlar kinoni xalqqa yanada yaqinlashtirdi. Ozarbayjon kinosida turli kasb va hunar ahli hayoti haqida hikoya qiluvchi, tarixiy xotirani o'ziga qaytargan filmlarning ko'pligi ekran san'atimiz tematikasi turli-tumanligidan dalolat beradi. Badiiy filmlarimizning janr rang-barangligi harbiy, tarixiy-qahramonlik, musiqali komediya, detektiv, sarguzasht, psixologik, grotesk, ijtimoiy pamflet, ertak va boshqa janrlarda namoyon bo'ldi.


Ozarbayjon kinosini rivojlantirishda davlat g'amxo'rligi


Mustaqillik yillarida milliy kinomizga alohida e'tibor qaratilishi buyuk rahnamo Haydar Aliyev nomi bilan bog'liq. O'tgan asrning 90-yillarida yo'qolib ketish xavfiga duch kelgan bu muhim san'at tarmog'i 1993 yilda buyuk rahbarning hokimiyatga qaytishi bilan yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo'ydi. 1998 yil 19 avgustda qabul qilingan "Kinematografiya to'g'risida"gi Ozarbayjon Respublikasi Qonuni hozirgi zamon mustaqil respublikada davlat kinematografiyasining huquqiy asosini shakllantirdi. 1996 yilda esa Ozarbayjon Davlat Kino jamg'armasining tashkil etilishi bilan filmlarning himoyasi ta'minlandi.

Har yili 2 avgustda Ozarbayjon kinosi kuni – kino xodimlarining professional bayrami nishonlanadi. Ushbu bayramni kino xodimlari, kino ixlosmandlari va butun xalqimizga buyuk rahbarimiz berdi. Umummilliy liderimiz tomonidan 2000 yil 18 dekabrda imzolangan tegishli farmon Ozarbayjon kinosi tarixida oltin harflar bilan bitilgan.

Bugungi kunda Prezident Ilhom Aliyev rahnamoligida milliy kino san'atini rivojlantirish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. 2007 yil 23 fevraldagi "Ozarbayjon kinosini rivojlantirish to'g'risida"gi va 2008 yil 4 avgustdagi "2008-2018 yillarga mo'ljallangan Ozarbayjon kinosini rivojlantirish Davlat dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi prezident farmonlari tarixiy ahamiyatga molik hujjatlardir. Shu tariqa yurtimizda kinostudiyalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, yangi filmlar yaratildi, kino san'atimiz zamonaviy taraqqiyot bosqichiga qadam qo'ydi.


So'nggi yillarda 50 dan ortiq xalqaro festivallarda ishtirok etgan filmlarimiz


Yigirma besh yildan ortiq vaqt mobaynida Ozarbayjon kinosi mustaqillik davri asarlarini yaratmoqda, hayot haqiqatlarini hech qanday senzurasiz ekranga yetkazishga intilmoqda. Bu vaqt davomida Ozarbayjonda 60 ta badiiy film suratga olindi. Ularning 40 tasi "Ozarbayjonfilm" mahsulotlaridir. Yaxshi va yomon, ijobiy va salbiy, kuchli va zaif xususiyatlarga ega, to'g'ri va noto'g'ri qadamlar bosgan odamlar bir-birining o'rnini egallaydi: "Tungi poyezdda qotillik", "Qatl kuni", "Gazalxon", "Qatldan yetti kun o'tgach", "Faryod", "Ham ziyorat, ham tijorat", "Mehmonxona xonasi", va boshqalar.

J. Jabborli nomidagi "Ozarbayjonfilm" studiyasida Qorabog' mavzusidagi filmlar suratga olindi. Ulardan biri"Faryod"dir. Ikki hujjatli film - "Urush bolalari" va "Qaytamiz" filmlari Xo'jali qatliomiga bag'ishlangan. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda "Do'l", "Muborizlik cho'qqisi" va boshqa filmlarning o'rni beqiyosdir. "Nabat" ("Bong") filmi Qorabog' voqeliklarini dunyoga yetkazish nuqtai nazaridan qimmatli ekran asaridir.

"Ozarbayjonfilm" kinostudiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dolzarb mavzuli filmlar so'nggi yillarda 50 dan ortiq xalqaro kinofestivallarda ishtirok etib, Ozarbayjon voqeliklarini jahon kino auditoriyasiga olib chiqdi va nufuzli mukofotlar bilan taqdirlandi. Kinostudiya direktori Mushfiq Hatamov shunday deydi: "2008-2018 yillarga mo'ljallangan Ozarbayjon kinosini rivojlantirish davlat dasturi" bir qator muhim loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratdi. Madaniyat vazirligi ko'magida tizimli ravishda islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, Ozarbayjon kino sanoatini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun huquqiy tartibga solish tizimini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish kerak. Shu maqsadda "Kinematografiya haqida"gi yangi qonun loyihasini tayyorlab, Milliy Majlisga taqdim etdik. So'nggi yillarda 70 dan ortiq festivallarda ishtirok, 58 mamlakatlarda namoyish muvaffaqiyati bilan cheklanishni istamaymiz, biz yanada katta loyihalarni amalga oshirish haqida fikr yurityapmiz.”

Biz aytib o'tgan barcha faktlar yana bir bor shuni ko'rsatadiki, 120 yillik tarixiy davr mobaynida erishilgan yutuqlarni keyingi o'n yilliklarda yanada oshirib, mamlakatimizning kengroq geografiyada tanilishiga, Qorabog' voqeliklarini insoniyatga yetkazishga o'z hissasini qo'shadi.





Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint