Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi madaniyat va ta'lim sohasida hamkorlik muhokama qilindi


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosovning O'zbekiston San'at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yo'ldoshev bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv chog'ida tomonlar madaniyat, san'at, fan, ta'lim, gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirish va bu yo'nalishda qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda direktor Samir Abbosov Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasida barcha sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, davlatlarimiz rahbarlari o'rtasidagi uchrashuvlar, o'tgan oyda O'zbekistonda o'tkazilgan TURKSOYga a'zo davlatlar madaniyat vazirlari sessiyassi, madaniyat vaziri Anar Kerimovning O'zbekistonga tashrifi, muhokama etilgan masalalar va hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.

Diplomat Samir Abbasov bu kunlarda Ozarbayjon o'z yerlarini arman bosqinidan ozod qilish uchun olib borgan Vatan urushiga bir yil to'lganini, Oliy Bosh qo'mondon, Prezident Ilhom Aliyev rahbarligida Ozarbayjon armiyasi 30 yilga yaqin arman ishg'oli ostida qolgan yerlarimizni ozod qilganini bildirdi. U ishg'olning og'ir oqibatlari, ozod qilingan hududlardagi butun infratuzilma, madaniy yodgorliklar yo'q qilingani haqida ma'lumot berdi. U, bu yil Ozarbayjonda "Nizomiy Ganjaviy yili" deb e'lon qilingani va shu munosabat bilan Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan o'tkaziladigan tadbir va loyihalar haqida ma'lumot beriib o'tdi.

O'zbekiston San'at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yo'ldoshev xalqlarimizning madaniyati, tili, urf-odatlari, nasl ildizlari bir-biriga yaqin ekanligini qayd etarkan, dunyoga Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy, Imodiddin Nasimiy va boshqalar kabi siymolar baxsh etgan Ozarbayjonning qadimiy tarix va boy madaniyatga ega ekanligini ta'kidladi. Rektor ikki tomonlama hamkorlik haqida so'zlar ekan, Ozarbayjonning tegishli oliy o'quv yurtlari bilan aloqalarni kengaytirish muhimligini qayd etdi, madaniyatning turli sohalarida hamkorlik va tajriba almashish zarurligini ta'kidladi.

Uchrashuvda Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov bu yil davomida O'zbekiston San'at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yo'ldoshevning Ozarboyjonga safarini tashkil etish va safar davomida Ozarbayjon Madaniyat vazirligi, Boku Davlat universiteti, Madaniyat va san'at universitetida uchrashuvlar o'tkazish, hamkorlikni kengaytirish bilan bog’liq taklif bilan chiqdi. Taklifni rektor Ibrohim Yo'ldoshev yuqori baholadi.

Safar chog'ida tomonlar hamkorlik memorandumi imzolanishi, kelgusida talabalarning bepul haftalik va oylik almashinuvi dasturini amalga oshirish, o'zaro tenglik asosida universitetlar to'rtinchi kurs talabalarining qarshi tomonda amaliyotini tashkil qilish, qo'shma tadbirlar, loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi.

Uchrashuvda S. Abbosovning Ozarbayjonning dunyoga mashhur shoirlari, mutafakkirlari, bastakorlari asarlarini O'zbekistonda o'quv dasturiga kiritish taklifi yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv so'ngida Samir Abbosov rektor Ibrohim Yo'ldoshevga O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bo'yicha "Nizomiy Ganjaviy yili" munosabati bilan tarixda ilk bor o'zbek tiliga tarjima qilingan "Xamsa" nashri va "Qorabog' "kitobini sovg'a qildi.

15.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint