Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasiga ko'ra, 20-23 oktyabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida” Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari “ bo'lib o'tadi.

Loyiha Ozarbayjon va O'zbekiston Madaniyat vazirliklari, Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi hamda ushbu hududlar rahbariyati tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.

Nukus shahrida Berdaq nomidagi Davlat musiqali teatrida "Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari" ning rasmiy ochilishi bo'lib o'tadi, Ozarbayjon san'atkorlari ishtirokida badiiy dastur taqdim etiladi. Tadbirlarning davomi sifatida Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat universitetida Husayn Jovid nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazi ochilishi rejalashtirilgan.

Tadbir doirasida Nukus Davlat universiteti o'qituvchi va talabalari bilan uchrashuvlar, Ozarbayjon milliy liboslari ko'rgazmasi, kitob ko'rgazmasi, yangi Ozarbayjon filmlari namoyishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, O'zbekistonning Xorazm viloyati Hiva va Urganch shaharlarida ham "Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari" bilan bog'liq tadbirlarni o'tkazish rejalashtirilgan.

Urganch Davlat musiqa va Drama teatrida Ozarbayjon-O'zbekiston do'stlik konserti, Ozarbayjon Xalq artisti Gulyanag Mammadova, Ozarbayjon soz ustalari, O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Ozarbayjon qizlari" raqs ansamblining chiqishlari nazarda tutilgan.

Urganch Davlat universitetiga "Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy-adabiy aloqalar: istiqbollar" mavzuida konferensiya, O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan O'zbekistonda Ozarbayjonga haqida ozbek tilida nashr etilgan kitoblar ko'rgazmasi tashkil etiladi.

Ushbu tadbirlar doirasida Nukus va Hiva shaharlarida Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan Ozarbayjon-O'zbekiston do'stlik va hamkorligi haqida suratga olingan "Oltin ko'prik" hujjatli filmi va "Do'stlik madhi" musiqiy klipiining namoishlari rejalashtirilgan.

Tadbirlar davomida har ikki viloyat kutubxonalariga Ozarbayjon haqidagi boy kitoblar to'plamlari hadya etiladi.

Qayd etish kerakki, "Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari" tadbirlarida O'zbekistonga tashrif buyurgan Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, Madaniyat bo'yicha qo'mita rahbari Ganira Pashayevaning ham ishtiroki nazarda tutilgan.

Tadbirda shuningdek, millat vakili Ganira Pashayevaning O'zbekiston safari xotiralariga bag'ishlangan "O'zbekiston qadam-baqadam" kitobi taqdimoti ham bo'lib o'tadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va O'zbekistonning Xorazm viloyatida bo'lib o'tadigan" Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari " tadbirlari har ikki mamlakat matbuotida keng yoritiladi.

16.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint