Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

8 noyabr kunini O'zbekistondagi elchixonamiz Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan birga G'alaba Kunini nishonladi


Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Мarkazi bilan birga 8 noyabr kuni g'alaba kunini nishonladi.

Marosimda elchixona, madaniyat markazi xodimlari, poytaxtdagi yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.

Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev va boshqa ishtirokchilar Madaniyat Markazi oldidagi Haydar Aliyev haykali poyiga gulchambar va gullar qo'ydilar.

Husayn Guliyev ishtirokchilarni g'alaba kuni bilan tabriklab, ushbu g'alabaga erishish Ozarbayjon Prezidenti, Oliy Bosh qo'mondon Ilhom Aliyev rahbarligidagi Qurolli kuchlar askarlari va zobitlari nomi bilan bog'liq ekanini ta'kidladi. Elchi ushbu adolatli urushda Ozarbayjonning adolatli ish yuritishini qo'llab-quvvatlagan davlatlarga minnatdorlik bildirib, BMT xavfsizlik Kengashining Armaniston tomonidan bosib olingan yerlarimizni so'zsiz ozod qilish to'g'risidagi to'rtta qarori bajarilmaganini ta'kidladi.

H. Guliyev shunday dedi: "44 kun ichida Ozarbayjon o'z yerlarini bosqinchilardan tozaladi, adolat tiklandi. Ozarbayjon BMT xavfsizlik Kengashi deyarli 30 yil davomida bajara olmagan mojaroni qisqa vaqt ichida hal qildi".

Elchi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev buyuk rahbar Haydar Aliyevning vasiyatini bajardi, Ozarbayjon yerlarini va Qorabog' durdonasi, qadimiy Shusha shahrini bosqinchilardan ozod qildi, deya ta'kidladi.

Diplomat 8 noyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Shushaga tashrif buyurib, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani, Ozarbayjon harbiylari bilan uchrashgani, bir qator qayta tiklangan tarixiy obidalarni ziyorat qilganini ham qayd etdi.

H. Quliyev hozirgi vaqtda ozod qilingan yerlarda tiklash va reabilitatsiya ishlari boshlab yuborilganini aytdi.

Ishonchim komilki, bu yerlar tez orada qayta tiklanadi, fuqarolarimiz o'z ona yurtlariga qaytadilar, dedi.

So'ngra ishtirokchilar madaniyat markazi hovlisidagi shahidlar bog'iga "Xaribulbul"yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar va gullar qo'ydilar.

09.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint