Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Madaniyat Markazi “So'g'diyona” orkestri tashkil etilganligining 30 yilligini nishonlashda ishtirok etdi


Toshkentdagi “Turkiston” konsert zalida “So'g'diyona” xalq cholg'u asboblari kamer orkestri tashkil etilganligining 30 yilligiga bag'ishlangan marosim bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, mamlakat olimlari, madaniyat va san'at arboblari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Ozodbek Nazarbekov orkestrning badiiy rahbari va bosh dirijyori Firuza Abdurahmonovani yubiley bilan tabriklab, orkestrning yutuqlari haqida so'z yuritdi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Vazir orkestr Amerika Qo'shma Shtatlari, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Chexiya, Rossiya, Hindiston, Shveytsariya, Qirg'iziston va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli iishtirok etgani, Gran-Pri va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanganini aytib o'tdi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov "So'g'diyona" Milliy cholg'u asboblari kamer orkestrini 30 yilligi bilan tabriklab, o'zbek musiqasini dunyoga tanitayotgan va bu yo'nalishda ko'plab loyihalarni amalga oshirayotgan jamoa faoliyatiga yuqori baho berdi.

U, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan orkestr O'zbekiston sahnasida Uzeyir Hojibeyli, Fikret Amirov, Hoji Xanmamedov va boshqa mashhur Ozarbayjon bastakorlarining asarlarini ijro etganini e'tirof etdi.

S. Abbosov Madaniyat Markazi homiyligida O'zbekistonda bo'lib o'tadigan "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari" ning ochilish marosimida "So'g'diyona" orkestri ikkala shoir asarlaridan iborat konsert dasturini ijro etishini alohida ta'kidladi. "So'g'diyona" orkestri faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

So'ngra orkestr ijrosida katta konsert dasturi taqdim etildi.

11.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint