Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“O'zbekiston” davlat telekanalida “Do'stlik ko'prigining yorqin yulduzi”dasturi efirga uzatildi.


“O'zbekiston” davlat telekanalida “Do'stlik ko'prigining yorqin yulduzi”dasturi namoyish etildi. Keng ommaga taqdim etilgan material O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining faoliyatiga bag'ishlangan.

Teledasturda xalqlarimiz o'rtasidagi tarixiy do'stlik, Ozarbayjon bilan strategik aloqalar haqidagi fikrlar o'rin olgan. Ozarbayjonning xorijda tashkil etilgan birinchi madaniyat markazi bo'lgan Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi faoliyatiga nazar solinadi.

Markaz direktori Samir Abbosov Ozarbayjon xalqining milliy rahnamosi Haydar Aliyev nomi bilan yuritiladigan madaniyat o'chog'ining mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan loyihalar haqida so'zladi. U buyuk rahbar Haydar Aliyevning mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stona munosabatlarni rivojlantirishdagi alohida xizmatlarini ta'kidladi. Diplomat Haydar Aliyev o'zbek xalqiga alohida hurmat bilan qaraganini, uning xotirasi xalqlarimiz tomonidan hamisha e'zozlanishini e'tirof etdi. Markazimizning buyuk rahbar Haydar Aliyev nomi bilan atalishiga sabab ham shu bo'ldi, dedi u.

Samir Abbosov o'z intervyusida Ozarbayjon Madaniyat Markazi O'zbekistonning ko'plab shaharlarida mamlakatimiz milliy madaniyatini targ'ib qilish bo'yicha qator loyihalarni amalga oshirayotganini ta'kidladi. Yaqinda O'zbekistonning Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo'lib o'tgan "Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari" haqida so'z yuritar ekan, bunday tadbirlarning yuksak ahamiyatini ta'kidladi. Diplomatning qayd etishicha, "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy nomidagi adabiyot va san'at kunlari" joriy yilning dekabr oyida O'zbekistonda har ikki mamlakat olimlari, tarixchilari, san'atshunoslari va adabiyotshunoslari ishtirokida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Davlatlarimiz o'rtasida hamkorlik nafaqat madaniyat sohasida, balki iqtisodiyot va siyosat sohasida ham muvaffaqiyatli rivojlanayotganini ta'kidladi. Diplomat mamlakatlarimiz katta sayyohlik salohiyatiga ega ekanligi haqida to'xtalib, pandemiyadan keyingi davrda turizm sohasidagi qo'shma rejalar va loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

Televizion dasturda Ozarbayjon Madaniyat Markazining Ozarbayjon tarixi va davlatchiligi muzeyi eksponatlari ko'zdan kechirildi. Markaz xodimi Kifoyat Pirmamedova davlatimiz boshidan kechirgan asosiy davrlar, muqaddas ramzlar, me'moriy obidalar maketlarini aks ettirgan eksponatlar haqida so'zlab berdi. Ma'ruzachi tinglovchilarga Ozarbayjon davlatchiligi tarixi muzeyidagi ko'zga ko'ringan shaxslar, qiziqarli tarixiy va arxiv materiallari hamda boshqa muhim ma'lumotlar haqida so'zlab berdi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazida yaratilgan gilam muzeyi televizion dasturda keng yoritildi. Gilamdo'zlik nafaqat Ozarbayjonning qadimiy va boy madaniyatini, balki xalqimizning o'ziga xos iste'dodini ham namoyon etadi, deya qayd etildi.

Bundan tashqari, dasturda O'zbekistondagi ko'plab xalqaro tadbirlarda namoyish etilgan Ozarbayjon Madaniyat Markazining Qorabog' mintaqasi milliy liboslarining boy kolleksiyasi taqdim etildi.

Ko'rsatuv so'ngida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli tomonidan ijro etilgan milliy raqslarimiz tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi.



17.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint