Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bu o'lkaning Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etdi


Toshkent shahridagi arxitektura-qurilish instituti akademik litseyida 8 dekabr - O'zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi jamoasi va "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli ishtirok etdi.

Litsey ijrochi direktori G'ulom Saidov o'qituvchi va o'quvchilarni ushbu tadbir bilan tabriklab, mustaqillik yillarida O'zbekiston erishgan muvaffaqiyatlar haqida so'zlab berdi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimi Kifoyat Pirmamedova Konstitutsiya kuni munosabati bilan markaz nomidan tabriklarni yetkazdi. O'zbekistonda 135 xalq vakillari yashayotganini, milliy ozchiliklarning barcha huquqlari mamlakatning asosiy qonuni bilan kafolatlanganini ta'kidladi. K. Pirmamedova Ozarbayjon Konstitutsiyasi haqida ma'lumot berdi, mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stona munosabatlar haqida so'zlab berdi. Madaniyat markazi faoliyati, bu yerda o'tkazilgan tadbirlar, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan chop etilgan kitoblar haqida so'z yuritdi.

So'ngra "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli a'zolari milliy raqslarimizni ijro etishdi.



09.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint