Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

    122
  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekiston Madaniyat vazirining yordamchisi Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurib, hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.


O'zbekiston Madaniyat vazirining yordamchisi Ma'rufjon Yo'ldoshev Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurdi va Ozarbayjon Madaniyat Markazi rahbari Samir Abbosov bilan uchrashdi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosovning taklifi bilan yuz bergan bu tashrif chog’ida bir qator qiziqarli muzokaralar olub borildi, hamkorlikni yanada kengaytirishga oid takliflarning tayyorlanishi, yakuniy bosqichda esa tadbir va loyihalarning amalga oshirilishi maqsadida yaqin kunlarda O’zbekistonning madaniyat vaziri bilan Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov o’rtasida uchrashuv o’tkazish haqida kelishib olindi.

Markaz direktori S.Abbosov mehmon bilan salomlashar ekan, ikki xalq o'rtasidagi tarixiy do'stlik, ikki mamlakat o'rtasidagi yuqori darajadagi munosabatlar, madaniyat sohasidagi hamkorlik haqida so'z yuritib, o'tgan yil Ozarbayjon uchun juda muhim va unutilmas bo'lganini ta'kidladi. S.Abbosov Ozarbayjon 44 kunlik urush olib borganini, 30 yilga yaqin bosib olingan yerlar ozod qilinganini, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti, Oliy Bosh Qo'mondon Ilhom Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati va Ozarbayjon armiyasining jasorati natijasida bizning shahar va qishloqlarimiz dushmanlardan ozod qilindi, deya qayd qildi.

Diplomatning ta'kidlashicha, ishg'ol natijasida shaharlar butunlay yer yuzidan yo'q qilingan, bizning tarixiy yodgorliklar, madaniy meroslar va diniy maskanlar arman vandallari tomonidan yer bilan yakson qilingan. U Ozarbayjon madaniyatining poytaxti va Kavkaz konservatoriyasi bo'lgan Shusha, uning jahon madaniyati va san'atiga qo'shgan hissasi haqida so'zlab berdi va Shushaning to'liq tiklanishi, avvalgi shon-sharafining qaytarilishi uchun ozod qilingan tumanlarning barchasida keng qurilish ishlari boshlanganligini ta'kidladi.

Samir Abbosov Prezident Ilhom Aliyevning farmoni bilan bu yil "Nizomiy Ganjaviy yili" deb e'lon qilinganligini aytdi va yil davomida Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi va Ozarbayjon Madaniyat Markazi Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi, shuningdek Alisher Navoiyning 580 yilligi munosabati bilan ko'plab loyihalar o’tkazilishini bildirdi.

O'zbekiston Madaniyat vazirining yordamchisi Marufjon Yo'ldoshev Ozarbayjon Madaniyat Markazining faol faoliyatini alohida ta'kidlab, o'tmishda ikki mamlakat o'rtasida mavjud bo’lgan madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ko'plab loyihalar amalga oshirilganini ta'kidladi. Xorijiy mamlakatlar vakillari orasida ilk bora Ozarbayjon Madaniyat Markazining O'zbekiston poytaxti bilan bir qatorda Samarqand, Xiva, Urganch, Farg'ona, Namangan, Guliston viloyatlarida ham Madaniyat va adabiyot kunlari o'tkazilayotganini, O'zbekistonning Farg'ona viloyatidagi Rishton va Ozarbayjonning Ismoyilli shaharlari o'rtasida "qardosh shaharlar" to'g'risidagi bitim imzolanganini qayd etdi. Yo'ldoshev O'zbekiston Madaniyat vazirligi joriy yilda qo'shma madaniy loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirish bilan qiziqayotganini ta'kidlab, yaqin kunlarda vazir Ozodbek Nazarbekov bilan ushbu masalalarni muhokama qilish uchun uchrashuv o'tkazishni taklif qildi.

Samir Abbasovning qayd etishicha, bu yil O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikasining Buxoro viloyatida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari o'tkazilishi, ikki mamlakat shaharlari va madaniyat markazlari o'rtasida hamkorlik va "qardosh shaharlar, muassasalar" bo'yicha shartnomalar imzolanishi, Toshkentda Ozarbayjon Madaniyat Markazida rekonstruksiyasidan so'ng "Ozarbayjon-O'zbekiston do'stlik muzeyi"ning ochilishi, Ozarbayjonda "Xari Bulbul" va "she'riyat kunlari, sanatkorlar, O'zbekistonda o'tkazilgan "Sharq taronalari", "Shaxri-sabz" xalqaro makom festivallarida Ozarbayjon san’atkorlarining keng ishtiroki, shuningdek, Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy va boshqalar haqida O'zbekiston, Ozarbayjon va Turkiyada saqlanayotgan qo'lyozmalar, miniatyuralar nusxalarining keng taqdim etilishi, va bu masalalar O'zbekiston Madaniyat vaziri bilan uchrashuvda muhokama qilinishi birasida uchrashuvga tayyorgarlikning keyingi rejalari haqida Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi va O'zbekistondagi Ozarbayjon elchixonasini xabardor qilishini aytib, bunday uchrashuvlar tomonlar uchun foydali bo'lishiga ishonch bildirdi.

Shundan so'ng Samir Abbosov Marufjon Yo’ldoshev bilan birgalikda Haydar Aliyev muzeyi va Ozarbayjon tarixi muzeyiga tashrif buyurib, mehmonga Ozarbayjon xalqining Milliy rahbari Haydar Aliyevning xalqimizga qilgan xizmatlari, mustaqil Ozarbayjon bosib o'tgan tarixiy yo'l, Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar haqida eksponatlar taqdim etdi. "Nizomiy Ganjaviy yili"munosabati bilan markaz foyesida tayyorlangan kompozitsiya va ko'rgazma bilan tanishdilar.

Tashrif yakunida Samir Abbosov mehmonga Ozarbayjon Madaniyat Markazida qariyb 2 yil davomida rekonstruksiya qilingan, yangi eksponatlar bilan boyitilgan va yaqin kelajakda ochilishi rejalashtirilgan "Ozarbayjon-O'zbekiston Do'stlik muzeyi"ni taqdim etdi. Muzeyda do'stlik va hamkorlik eksponatlari va burchaklarini yaratish yuzasidan fikr almashildi.

21.02.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint