Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Nizomiy Ganjaviy yili” munosabati bilan Toshkent shahridagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari Ozarbayjon Madaniyat Markazida bo‘ldilar.


Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2021 yilni “Nizomiy Ganjaviy yili” deb e'lon qilishi munosabati bilan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi buyuk mutafakkir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan qator tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida yil davomida Toshkentdagi qator umumta'lim maktablari, lisey va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi va talabalari uchun "Nizomiy Ganjaviy - jahon adabiyotining atoqli vakili, Ozarbayjonning daho shoiri va mutafakkiri", "Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"si – jahon poetik va falsafiy tafakkur cho‘qqisi"," Ozarbayjon-o‘zbek adabiy aloqalari", "Barkamol avlodlarni tarbiyalashda buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri asarlarining roli" mavzularida Nizomiy asarlariga bag‘ishlangan ochiq darslar tashkil etiladi.

Bunday tadbirlardan dastlabkilari Toshkentdagi 48 va 147-sonli maktab o‘quvchilari uchun Madaniyat Markazi tomonidan o‘tkazildi. Markaz xodimi Kifoyat Pirmamedova ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviyning hayoti va ijodi haqida so‘zlab berdi.

Talabalar Nizomiy Ganjaviyning Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan o‘zbek tiliga tarjima qilingan "Xamsa" asari namunalari bilan ham tanishdilar.

O‘qituvchilar va talabalar Haydar Aliyev muzeyi, Ozarbayjon davlatchiligi tarixi muzeyi, gilam muzeyi va markaz kutubxonasiga ham tashrif buyurishdi. Shuningdek, talabalar xollda tashkil etilgan kitoblar, fotosuratlar va esdalik sovg‘alari ko‘rgazmasi bilan ham tanishdilar.

05.03.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint