Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Jahon sivilizatsiyasi rivojida turkiy tillarning o'rni” mavzuida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.


Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Jahon sivilizatsiyasi rivojida turkiy tillarning o'rni” mavzuida xalqaro konferensiya o'tkazdi.

Anjumanda Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva, O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov, TURKSOYDAGI Ozarbayjon vakili Elchin Gafarli, Ozarbayjon, Turkiya va O'zbekiston fan, ta'lim, madaniyat vakillari ishtirok etdi.

Anjumanni institut o'qituvchisi Shahnoza Nurbekova ochib, turkiy tillarning jahon sivilizatsiyasi rivojidagi o'rni va mavqei haqida so'z yuritdi.

TYSI rektori, Professor Ilhom Sobirov O'zbekiston Turk dunyosi orasida o'z o'rni va mavqeiga ega ekanligini ta'kidlab, mamlakatning Turkiston Kengashiga qo'shilishini 2018 yilda muhim voqea deb atadi.

Samir Abbosov o'z so'zida Muhammad Fuzuliy, Alisher Navoiy, Yunus Amra, Muhammad Fuzuliy, Imomiddin Nasimiy, Bobur, Xorazmiy va boshqa yozuvchi va faylasuflar bu tilda katta asarlar yaratganlar, deya aytib o'tdi. O'rxon-Yenisey bitiklari, Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni-lug'at-it turk" asari, "Dede Gorgud", "Korog'lu", "Alpamysh", "Manas"kabi taniqli dostonlar turkiy tilda yaratilgan, deb e'tirof etdi.

Shundan so'ng S. Abbosov madaniyat markazining bu yo'nalishdagi ishlari haqida ma'lumot berib, "Xamsa"Nizomiy Ganjaviyning o'zbek tilida O'zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tarjimasida chop etilganini qayd etdi. Professor Ramiz Askar tomonidan Alisher Navoiy "Xamsa"si Ozarbayjon tiliga tarjima qilinib, nashr etilishini kutmoqda.

Diplomat tilimizni saqlab qolish, mustaqillikdan oldin tilimizga kirib kelgan chet so'zlarni chiqarib tashlash, ularni umumiy turkiy so'zlar bilan almashtirish, turkiy xalqlar tillarini bir-biriga yaqinlashtirish islohotlarini amalga oshirish va turkiy davlatlar olim-tilshunoslarining bu yo'nalishdagi yaqin hamkorligi va boshqa qator takliflar bilan chiqdi.

Ganira Pashayeva xalqlarning shakllanishida til va madaniyatning ahamiyati katta ekanligini qayd etgan. Deputat turkiy xalqlar geografiyasi haqida gapirar ekan, biz bu yerlarning sohibi, tub aholisi ekanimizni aytdi.

G. Pashayeva o'tgan 30 yil mobaynida bu xalqlar o'z ildizlariga qaytish yo'lida uzoq yo'lni bosib o'tganini ta'kidladi.

Deputat bu yil Ozarbayjonda "Nizomiy Ganjaviy yili" deb e'lon qilinganini e'tirof etgan holda, bu yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar va tadbirlar haqida ham aytib o'tdi.

Ganira Pashayeva arman bosqinidan ozod etilgan qadimiy Shusha shahri Ozarbayjon madaniyati poytaxti deb e'lon qilinganini ta'kidladi.

Xulosa qilib aytganda, deputat barcha turk fuqarolariga umumiy turk o'tmishidan umumiy turk kelajagiga qadar bo'lgan yo'lda muvaffaqiyat tiladi.

Ozarbayjonning TURKSOYdagi vakili Elchin Gafarli ushbu tuzilmaga a'zo davlatlarda turk dunyosining buyuk shaxslari bilan bog'liq anjumanlar va boshqa tadbirlar muntazam o'tkazilayotganini ta'kidladi. 2020-yilda O'zbekistondagi qadimiy Xiva shahri turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e'lon qilinganini qayd etgan E. Gafarli pandemiya tufayli Xivada tadbir o'tkazilmaganligini ta'kidladi.

Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi madaniyat, turizm va matbuot bo'yicha attashesi Alparslan Akinchi, Turkiyaning Sakarya universiteti professori Xalil Ibrohim Balkol, shoir-publitsist Akbar Qo’shali, OMFA Muhammad Fuzuliy nomidagi qo'lyozmalar instituti xodim Karim Mammadzoda, Jahon Turk yozuvchilari uyushmasi raisi, shoir Intigam Yashar, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati Ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov, Toshkent irrigatsiya muhandislari universiteti o'qituvchisi Ra'no Qodirova, dotsent Gulbahor Ashurova va boshqalar turkiy dunyo tarixi, madaniyati, adabiyoti, shuningdek, bu mamlakatlarning jahon davlatlari orasida tutgan o'rni va mavqei haqida so'z yuritdilar.

03.05.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint