Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonning “Madaniyat va Marifat” telekanalida “ Oltin koʻprik: Ozarbayjon” koʻrsatuvi namoyish etildi.


Joriy yilning 26 avgust kuni Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi va loyihasi bilan “Madaniyat va Marifat” telekanalida “Oltin koʻprik: Ozarbayjon” koʻrsatuvi namoyish qilindi.

Dasturda tili, dini, madaniyati, urf-odat va anʼanalari bir-biriga yaqin boʻlgan xalqlarimizning tarixiy doʻstligi, turkiy dunyoning yetakchi davlatlari boʻlgan Ozarbayjon va Oʻzbekistonning mushtarak qadriyatlari keng yoritilgan.

Filmda har ikki mamlakatning taniqli insonlari, olimlari tariximiz, adabiyotimizga nazar solib, adabiy aloqalarimiz rivojida Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy, Bobaraxim Mashrab, Husayn Jovid, Gʻafur Gʻulomning xizmatlari haqida hikoya qiladi.

Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, Fuzuliy markazi direktori Gulbaxar Ashurova Prezident Ilhom Aliyev tomonidan 2021 yilning "Nizomiy Ganjaviy yili" deb eʼlon qilinishi, shuningdek, buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev buyrugʻi bilan keng nishonlanishi haqida maʼlumot berar ekan, bu ikki siymoning doʻstligimiz va adabiy aloqalarimiz muqaddimasidagi xizmatlari haqida soʻzladi. Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va davlatlarimiz oʻrtasidagi yuksak saviyadagi hamkorlik haqida soʻz yuritdi. U oʻrta asrlarda ham, XX asrda ham madaniy-adabiy aloqalar, sovet davrida mamlakatlarimizda oʻtkazilgan adabiyot va sanʼat dekadalari, madaniyat kunlari, mustaqillik yillarida bu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar, davlat rahbarlarining oʻzaro tashriflari, hamkorlikni yanada rivojlanishi haqida maʼlumot berdi.

Mazkur ekran asarida OMAFning Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot instituti professori Almaz Ulvi Binnatova Oʻzbekiston bilan adabiy aloqalar va bu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi.

Koʻrsatuvda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida yaratilgan.Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon markazi faoliyati keng yoritilgan. Markazda Ozarbayjon va oʻzbek adabiyoti, mushtarak qadriyatlarimiz bilan bogʻliq tadbir va loyihalar haqida maʼlumotlar beriladi.

Mashhur olimlar-adabiy tanqidchilar oʻzbek Mamatqul Hazratqulov, Islom Yoqubov, Abdulla Ulugʻov, ozarbayjon olimlari Pasha Kerimov, Akif Azalp, Umid Mirzoyev va boshqa adabiyot vakillari bilan suhbatlar koʻrsatuvdan oʻrin olgan.

31.08.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint