Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik Jamiyati Ozarbayjon olim va yozuvchilarini taqdirladi.


Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik jamiyati Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon olimlari, yozuvchilari, faollarini alohida mukofotlar bilan taqdirladi.

Bu haqda Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik jamiyati ijrochi direktori Erkin Nuriddinov shu yil 13 sentyabr kuni Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida boʻlib oʻtgan qardosh mamlakat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda bir qator doʻstona aloqalarimizni keng targʻib etib, ular faoliyati orqali hamkorligimizga hissa qoʻshayotgan olim va yozuvchilarimiz jamiyatning maxsus mukofotlari bilan taqdirlanganini taʼkidladi.

Ozarbayjon navoiyshunos olimi, tarjimon, adabiyotshunos, Professor Ramiz Askar, olim-turkolog, tarjimon, Professor Nizomiy Mammadov, filologiya fanlari doktori Karimulla Mammadzoda, Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Komiteti yeksperti, yozuvchi-publitsist Akbar Qoʻshali jamiyatning faxriy diplomlari bilan taqdirlandilar.

Ozarbayjon shoiri, publitsisti, jahon yosh Turk yozuvchilari uyushmasi boshqaruvi raisi Intigam Yashar, "Ismailli xabarlari" gazetasi bosh muharriri, shoir, tarjimon Shahmamed Daglaroʻgʻli, olim, tarjimon Shohista Kamranli, Sumgait sheʼriyat uyi direktori Ibrohim Ilyosli, huquqiy va iqtisodiy taʼlim boʻyicha Regional jamoat birlashmasi raisi Arzu Bagirova Doʻstlik jamiyatining faxriy diplomlari bilan taqdirlandi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi adabiy aloqalarni rivojlantirish, oʻzbek adabiyotini tadqiq va targʻib qilish faoliyati hamda xalqlar oʻrtasidagi doʻstligimizni keng targʻib qiluvchi bu shaxslarning faoliyati doʻstlik jamiyati tomonidan taqdirlandi va mukofotlar Ozarbayjon olimlari va faollariga yetkazish maqsadida Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev Ozarbayjon Madaniyat Markaziga topshirildi.

14.09.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint