Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Madaniyat vaziri Anar Kerimov Oʻzbekiston Bosh vaziri muovini bilan uchrashdi


Avval xabar berganimizdek, Madaniyat vaziri Anar Kerimov boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonda safarda. 15 sentyabr kuni Anar Kerimov Oʻzbekiston Bosh vaziri muovini Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi.

Delegatsiyani qutlar ekan, bosh vazir muovini asrlar davomida doʻstona va qardosh boʻlib kelgan Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning muvaffaqiyatli rivojlanayotgani, bu aloqalarni mustahkamlashda Prezident Ilhom Aliyev va Prezident Shavkat Mirziyoyev alohida oʻrin tutishini taʼkidladi. U 44 kun davom etgan urushda yerlarimizni bosqinchilikdan ozod qilganliklari munosabati bilan oʻz tabriklarini bildirdi va Oʻzbekiston Ozarbayjonning haqiqat ishini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Bosh vazir oʻrinbosari 2019 yilda Ozarbayjon mezbonlik qilgan YuNESKO Jahon merosi qoʻmitasi 43-sessiyasida ishtiroki haqida soʻzladi, safar davomida u Icherisheherda boʻlganini yodga oldi. Bokuning bu tarixiy joyining Xivadagi Ichanqalʼa shahar qoʻriqxonasi bilan oʻxshashligi, Ichanqalʼa qoʻriqxonasida Icherisheher tajribasini qoʻllash yuzasidan fikr almashildi.

Anar Kerimov ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar rivojlanayotganidan mamnun ekanini ifoda etgan holda, Vatan urushi davridagi ilk kunlardanoq Oʻzbekiston Ozarbayjonning haqli mavqeini qoʻllab-quvvatlashini yuqori baholadi.

Soʻngra vazir armanlar ishgʻolidan ozod qilingan Ozarbayjon hududlarida madaniy merosimizga qarshi sodir etilgan vandalizm haqida maʼlumot berdi. Armaniston tomonidan 30 yillik bosqinchilik davrida Ozarbayjon xalqiga tegishli tarixiy obidalar, masjidlar bilan birga butun infratuzilma vayron boʻlgan va talon-taroj qilinganligini bildirdi. Hozirgi kunda ishgʻoldan ozod qilingan hududlarda Ozarbayjon davlati tomonidan keng koʻlamli qayta tiklash va yangidan qurish ishlari olib borilmoqda.

Uchrashuv davomida Oʻzbekistonning konservasiya va qayta tiklash markazlari, arxeologik ekspeditsiyalar yaratish borasidagi tajribasini boʻlishish, madaniy sohani qoʻllab-quvvatlash uchun tegishli fondlar yaratish masalasiga eʼtibor qaratildi. Tiklanish va tabiatni muhofaza qilish sohasida Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻzaro mutaxassis almashuvi, shuningdek, qoʻshma taʼlim, Oʻzbekistonning tegishli taʼlim muassasalarida tashkil etilgan fakultetlarda bu sohada oʻqitish boʻyicha fikr almashuvi boʻlib oʻtdi. Bundan tashqari, xalq ijodiyoti sohasida, ayniqsa, yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, ipak va boshqa sohalarda tajriba almashish, ikki mamlakat rassomlari ishtirokida festivallar oʻtkazish masalalariga toʻxtalib oʻtildi.

16.09.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint