Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda bino uzra Ozarbayjonning muhtasham bayrog'i


27 sentyabr - Ozarbayjon Respublikasida Xotira kuni nishonlanishi munosabati bilan O'zbekistonda ham shahidlarimiz xotirasiga ehtirom ko'rsatildi va Toshkent markazida joylashgan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi binosi Ozarbayjonning uch rangli bayrog'i rangida yoritildi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosovning matbuotga bildirishicha, Toshkentda Ozarbayjon milliy me'morchiligi va koloritini aks ettiruvchi mahobatli bino sifatida tanilgan Madaniyat Markazi binosida Ozarbayjon bayrog'i ranglarining namoyishi shahidlarimiz ruhiga bo'lgan hurmatni yana bir bor namoyon etadi.

Qayd etish kerakki, 27 sentyabr - Ozarbayjonda Xotira kuni munosabati bilan O'zbekistonda ham shahidlarni xotirlash kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Ozarboyjon Madaniyat Markazida bo'lib o'tgan tadbirda Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi, Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati rahbariyati, O'zbekiston fan va madaniyatining mashhur namoyandalari, mahalliy ozarbayjonlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Avval Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi hovlisida shahidlar xotirasiga ochilgan bog' ziyorat qilib, bog'idagi shahidlar yodgorlik majmuasi oldiga gulchambarlar qo'yildi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan "shahidlar o'lmas, Vatandan bo'linmas" she'riy kompozitsiyasi taqdim etildi.

28.09.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint