Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonning qadimiy Buxoro shahrida “Ozarbayjon kinosi kunlari” tadbiri doirasida “Sug‘ra va uning o‘g‘illari” badiiy filmi namoyish etildi.


O‘zbekistonda “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bu mamlakatning Buxoro shahridagi Buxoro Davlat Universitetining katta zalida “Ozarbayjon kinosi kunlari” ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

"Ozarbayjon kinosi kunlari" doirasida o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimiyati, mahalliy diaspora tashkiloti va O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi rahbariyati, ozarbayjonlik kino arboblari, Buxoro davlat universiteti o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Buxoro viloyati hoyeimining muovini Mirali Xamrayev Ozarbayjondan kelgan mehmonlarga minnatdorlik bildirib, bunday tadbirlarni o‘tkazish ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona, madaniy va adabiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladi.

Film rejissyori Ilgar Najaf tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, u suratga olgan filmda ikkinchi Jahon urushi dahshatlari aks etganini aytib o‘tdi. Ilgar Najaf film yurtimizda keng namoyish etilayotgani,shuningdek Xalqaro festivallarda ham namoyish etilayotganidan mamnunligini bildirdi.

So‘ngra XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Ilgar Najafning "Sug‘ra va uning o‘g‘illari" filmi namoyish etildi.

Qayd etish kerakki, o‘tgan yili boshlangan "Ipak yo‘lining durdonasi" xalqaro kinofestivalida Ozarbayjon har yili faol ishtirok etmoqda va filmlari keng namoyish etilmoqda. Mazkur kinofestival 18 sentyabr kuni yakunlandi.

21.09.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint