Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
1 2 3 4 5 6 7
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda “Qatag‘on qurbonlari - Husayn Jovid va Abdurauf Fitrat: ma'orifchi ziyolilar va milliy ozodlik jarchilari” mavzusida tadbir o‘tkajildi


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Toshkentdagi Abdulla Qodiriy xotira muzeyi bilan hamkorlikda “Qatag‘on qurbonlari - Husayn Jovid va Abdurauf Fitrat: maorifchi ziyolilar va milliy ozodlik jarchilari”mavzusida tadbir o‘tkazdi.

Abdulla Qodiriy muzeyida bo‘lib o‘tgan tadbirda Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi Ganira Pashayeva, Bokudan kelgan boshqa mehmonlar, Ozarbayjon madaniyat Markazi vakillari, O‘zbekiston adabiyoti, madaniyati va san'ati namoyandalari, ,Abdulla Qodiriy ijod maktabining o‘quvchilari ishtirok etdi.

Muzey direktori muovini Mavluda Amonova Ozarbayjon va o‘zbek yozuvchilari Husayn Jovid va Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi va ularning taqdirlari haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov o‘z nutqida ziyolilarimiz, jadid allomalarimizning mamlakatlarimiz ilm-fani, madaniyati, adabiyoti rivojida, umuman xalqlarimiz ta'lim-tarbiyasidagi o‘rni haqida gapirdi. Ma'rifatparvar ziyolilarimiz ijodi xalqimizning milliy o‘zlik g‘oyalarining shakllanishiga alohida ta'sir ko‘rsatganini ta'kidladi.

Samir Abbasovning aytishicha, mamlakatlarimizning yetakchi ziyolilari, jumladan, Husayn Jovid, shuningdek, Abdurauf Fitratning asosiy vazifasi o‘z vatanini ozod ko‘rishdan iborat bo‘lgan. Diplomatning qayd etishicha, aynan shuning uchun ham ularning har biri tazyiqqa, ta'qibga, repressiyaga uchragan.

S. Abbasov XX asr boshlarida Ozarbayjonda ro‘y bergan adabiy voqealar, "Mulla Nasreddin" jurnali, Mirza Jalil, Sobir kabi yirik hajvchi – inqilobchi demokratlar ijodining o‘zbeklar adabiy hayotiga ta'siri katta ekanligi haqida gapirdi.

Davlatlarimizning qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish borasidagi faoliyatini ta'kidlab, buyuk rahbar Haydar Aliyevning ko‘rsatmalari natijasida sovet davrida Husayn Jovid xoki uzoq Sibirdan Ozarbayjonga olib kelinganini va dafn etilganligini ta'kidladi.

Muzeyning taniqli olimi, repressiya adabiyoti bo‘yicha taniqli o‘zbek mutaxassisi, yozuvchi Davron Rajab o‘z nutqida Ozarbayjon va o‘zbek xalqlari bir xil taqdirga duch kelganini, xalqlarimiz ziyolilari o‘rtasida mustahkam do‘stona munosabatlar mavjudligini, adabiyotimiz bir-biriga foyda keltirishini ta'kidladi.

Ozarbayjon singari O‘zbekiston ham repressiya natijasida o‘z ziyolilarini, millatning fikrlash ongini yo‘qotdi. U o‘z nutqida Husayn Jovid bilan Abdurauf Fitrat o‘rtasidagi o‘xshashliklarni sanab o‘tdi. Husayn Jovidning "Chingiz", "Atilla" dramalari, Abdurauf Fitratning "O‘g‘uzxon", "Abu Muslim" asarlari yo‘q qilib yuborilganini qayd etgan.

Davron Rajab bunday shaxslarni o‘rganish va targ‘ib qilish yosh avlod vakillari - o‘quvchi va talabalarni milliy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab, Ozarbayjon Madaniyat Markaziga ushbu loyiha uchun minnatdorchilik bildirdi.

Deputat Ganira Pashayeva o‘tgan asrning boshidan buyon o‘zbek va Ozarbayjon yozuvchilarining birgalikdagi hamkorligi va kurashi haqida gapirib, 1910 va undan keyingi yillarda Husayn Jovidning dramatik asarlari O‘zbekistonda ozarbayjon va o‘zbek tillarida sahnalashtirilganini ta'kidladi. O‘sha yillarda O‘zbek yozuvchilari va adiblari Ozarbayjonga tez-tez tashrif buyurishgani haqida gapirar ekan, G. Pashayeva buyuk o‘zbek adibi G‘afur G‘ulom 1930 yilda Bokuda "Kommunist" gazetasida chop etilgan maqolasida o‘zi va ko‘plab o‘zbek yozuvchilari ozarbayjonlik Sayid Rzo Alizoda muallim bo‘lib ishlagan maktabda ta'lim olganligini aytgan edi.

Deputat Husayn Jovid, Mikoil Mushfiq, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon va boshqa yozuvchilarimiz Turonni yaratish g‘oyasi uchun kurashganini, millat uchun jon fido qilganlarini qayd etdi.

G. Pashayevaning ta'kidlashicha, Ozarbayjonda ham, O‘zbekistonda ham bunday yozuvchilarning xotirasi abadiylashtiriladi, ularning xotirasi e'zozlanadi. Qatag‘on rejimi ziyolilarimizni xatto yo‘q qildi, ammo ularning ruhini, g‘oyalarini o‘ldira olmadi.

So‘ngra, Ganira Pashayeva Ozarbayjon delegatsiyasi nomidan Yerevan xonligi xaritasini muzeyga taqdim etdi.

Tadbir so‘nggida Qorabog‘dagi fojiali voqealarga bag‘ishlangan va o‘zbek tilida nashr etilgan "Yo‘qotilgan ishonch (Qorabog‘ hikoyalari)" nomli Ganira Pashayevaning kitobini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xulosa qilib aytganda, Ozarbayjon delegatsiyasi muzey burchaklari, qatag‘on qurboni Abdulla Qodiriyga bag‘ishlangan yangi seksiyalar va eksponatlar bilan tanishdi.

18.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint