Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
1 2 3 4 5 6 7
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Kitobi-Dada Qo‘rqut” dostonining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


OO‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbek Milliy Universiteti bilan hamkorlikda “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” doirasida o‘zbek tiliga tarjima qilingan va nashr etilgan “kitobi Dada Qo‘rqut”dostonining taqdimotini o‘tkazdi.

Kitob Ozarbayjon Madaniyat Vazirligi va O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining qo‘shma loyihasi doirasida tadqiqotchi olim Rustamjon Jabborov tomonidan Ozarbayjon tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan va nashr etilgan.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining xabar berishicha, tadbirda Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo‘mitasi raisi,deputat Ganira Pashayeva, Bokudan kelgan mehmonlar, Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari, O‘zbekiston olimlari, adabiyotshunoslari, professor-o‘qituvchilar va universitet talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti prorektori Raima Shirinova kirish so‘zi bilan ochar ekan, ikki qardosh xalq o‘rtasidagi tarixiy do‘stona aloqalar va bugungi strategik ittifoqchilik munosabatlari haqida so‘zlab berdi. Uning ta'kidlashicha, Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida tarjima qilingan va nashr etilgan "Kitobi Dada Qo‘rqut" dostoni nafaqat Ozarbayjon, balki butun turkiy dunyo og‘zaki xalq adabiyotining durdonasi hisoblanadi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov "Kitobi Dada Qo‘rqut" dostonida Ozarbayjon xalqining o‘tmish turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari aks etganini ta'kidlab, taqdim etilgan kitobning ahamiyati haqida so‘zlab berdi.

Samir Abbasovning ta'kidlashicha, turkiy dunyoning noyob yodgorligi bo‘lgan dostonda Ozarbayjon toponimlari keng aks ettirilgan bo‘lib, qahramonlik, sof muhabbat, kattalarga xurmat, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini o‘stiradi. Uning ta'kidlashicha, Buyuk rahbar Haydar Aliyevning farmoyishi bilan Ozarbayjonda "Kitobi-Dada Qo‘rqut" dostonining 1300 yillik yubileyi keng nishonlanganligini va har bir Ozarbayjon ushbu Doston bilan haqli ravishda faxrlana olishini aytib o'tdi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi,deputat Ganira Pashayeva o‘z so'zida xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik, tili, madaniyati, kelib chiqishi, urf-odatlari bir xil bo‘lgan Ozarbayjon va o‘zbek xalqlari boy she'riyatga ega ekanini ta'kidladi. Turkiy xalqlar yaratgan ko‘plab dostonlar xalqlarimizning shonli tarixi, madaniyati, turmush tarzi, shaxsiyatini o‘rganish uchun noyob manba ekanini qayd etib, deputat o‘zbeklarning "Alpomish", qirg‘izlarning "Manas", ozarbayjonlarning "Kitobi Dada Qo‘rqut"dostonlarining o‘xshash xususiyatlari haqida fikr bildirdi.

Bunday folklor namunalari, dostonlari turkiy xalqlarning umumiy qadriyatlarga ega ekanligini isbotlab, G. Pashayeva "Kitobi Dada Qo‘rqut" dostonidagi Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat, qahramonlik g‘oyalarining yosh avlodni shakllantirish uchun tarbiyaviy ahamiyati haqida gapirdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbek Milliy Universiteti professori Hamidulla Baltaboyev Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi adabiy aloqalar haqida so‘z yuritar ekan,O'zbekistonda "Kitobi-Dada Qo‘rqut" dostoniga katta qiziqish bo‘lib, bu mavzuda tadqiqot ishlari tayyor bo'lganligini ta'kidladi.

H. Baltabayev ta'kidlaganidek, VI - VII asrlarga oid dostonda Ozarbayjon va turkiy xalqlarning boy va go‘zal qadriyat va an'analarga ega ekanligi ko‘rsatiladi. "Kitobi-Dada Qo‘rqut" dostonining o‘zbek tilida nashr etilishi tadqiqotchilar, o‘qituvchilar, talabalar va hatto o‘quvchilar uchun bebaho manba ekanligini ta'kidlagan professor Ozarbayjon Madaniyat Markaziga ushbu ajoyib loyiha uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda so'z olgan boshqa ma'ruzachilar, o‘zbek professorlari Nasimxon Raxmonov, Nigina Shermuxammedova, Isomiddin Yormatovlar, shuningdek Xosiyat Rustamova, Shahlo Qosimova, Xurshida Jalilovalar turkiy xalqlarning mushtarak qadriyatlari haqida, Ozarbayjon og‘zaki xalq adabiyotining durdonasi bo'lgan "Kitobi Dada Qo'rqut" dostoni haqida,undagi ta'lim-tarbiya masalalari va muayyan mavzularda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir so‘ngida Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist Sohib Pashazoda "Dada Qorqud"filmidan bir qator musiqiy asarlarni ijro etdi.

O‘zbek tiliga ilk bor tarjima qilingan "kitobi-Dada Qo‘rqut" dostoniga Ozarbayjon Madaniyat vaziri Anar Kerimov va O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovlar tomonidan yozilgan "So‘zboshi"da doston Ozarbayjon xalqining milliy xazinasi, bashariyat madaniyatining nodir durdonasi ekanligi qayd etilgan.

Ular dostonning kelajak avlodlarni milliy vatanparvarlik, insoniy muhabbat, mehr-shafqat, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash uchun muhimligini ta'kidlab, asarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi bundan 1300 yil avvalgi Ozarbayjon va turkiy xalqlarning shonli tarixi, qahramonligi, donoligi, milliy madaniyati aks etgan, jonli tarix hisoblangan doston o‘zbek kitobxonlarida katta qiziqish uyg‘otishiga ishonch bildirishgan.

19.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint