Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg24
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonning Samarqand viloyatida “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” tadbirlarining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” doirasida Samarqand shahridagi Yoshlar saroyida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuni ta'kidlash kerakki, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan ikki mamlakat Madaniyat Vazirliklari, Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi va Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan tadbirlar mamlakatning Toshkent viloyati bilan birgalikda Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlarini ham qamrab oldi.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilari, viloyat fan, madaniyat, ta'lim arboblari, Ozarbayjondan kelgan mehmonlar, universitet talabalari, jurnalistlar, mahalliy ozarbayjonlar ishtirok etdi.

Marosimni Samarqand viloyati hokimi muovini Rustam Qobilov kirish so‘zi bilan ochar ekan, xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va iqtisodiy sohalardagi aloqalar haqida so‘z yuritdi.

Rustam Qobilov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida, Samarqand shahrini ziyorat qilganini katta hurmat bilan eslashlarini, Samarqand viloyati rasmiylarining Ozarbayjonning Gabala shahriga tashrifidan va bu yerda foydali uchrashuvlar o‘tkazilishidan, Ozarbayjon-O‘zbekiston viloyatlari va shaharlari o‘rtasida hameorliyening kengayganligidan mamnun ekanligini bildirdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov o‘z nutqida ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy darajadagi munosabatlar, madaniy aloqalar, o‘tkazilgan madaniyat kunlari haqida gapirdi. Uning ta'kidlashicha, O‘zbeyeistonning,turkiy dunyoning go‘zal shahri, Sharq durdonasi, Amir Temurning tug‘ilgan joyi, tarixiy Ipak yo‘lida joylashgan Samarqand shahri qardosh Ozarbayjon, uning shaharlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, Ganja, Shamaxi, Boku va boshqa shaharlarimiz bilan iqtisodiy,tijorat va madaniy aloqalarning mavjudligini bildirdi.

Samir Abbasov ozarbayjonlarning Samarqand shahrining madaniy hayotida doimiy ravishda faol ishtirok etishini ta'kidlab, XX asr boshlarida Samarqandda yashab ijod qilgan mashhur pedagog, tarjimon va noshir Sayid Rzo Alizadaning Turkistonda xalqni o‘qitish, ilm-fan va ta'limni rivojlantirishdagi noyob xizmatlarini qayd etdi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo‘mitasi raisi, deputat Ganira Pashayeva O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi barcha sohalarda, jumladan, madaniy aloqalarning yuksak darajada ekanligidan faxrlanishini aytdi. U Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stlik va ittifoqchilik shartnomasi haqida gapirar ekan, qardosh o‘zbek xalqini 21 oktyabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabrikladi.

G. Pashayeva Samarqand shahrining turkiy dunyo uchun ahamiyatini ta'kidlab, turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlarining birinchi sammiti kelasi oy shu shaharda o‘tkazilishini qayd etdi.

Nutqining oxirida Pashayeva 30 yillik arman istilosidan ozod qilingan Ozarbayjon yerlarida bunday tadbirlarning navbatdagisi o‘tkazilishini tiladi.

Samarqand viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi tashkiloti rahbari Adil og‘a Mirzoyev o‘z nutqida mintaqada bunday yuksak darajadagi tadbirning o‘tkazilishini muhim voqea deb atadi va buning uchun Ozarbayjon davlatiga, O‘zbekistondagi Buyuk rahbar Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda Ozarbayjon va O‘zbekistonning milliy kashtachilik va ranglari aks etgan milliy liboslar to‘plami namoyish etildi. Liboslar ozarbayjonlik modeler Afoq Ismoilzoda tomonidan yaratilgan. Turli xil ranglar va milliy naqshlar, g‘ayrioddiy kashtalar, shuningdek qo‘lda ishlangan nafis mahsulotlar – ushbu milliy liboslar ko‘rgazmasida namoyish etildi. Liboslar orasida "Xari Bulbul" kompozitsiyasi tomoshabinlar tomonidan qiziqish va qarsaklar bilan kutib olindi.

Tadbir katta kontsert dasturi bilan davom etdi.

Ishtirokchilar Ozarbayjonning taniqli san'atmorlari, jumladan Ozarbayjon va O‘zbekiston Xalq artisti Gulyanoq Mammadovaning rang-barang chiqishlari va Samarqandda o‘tkazilgan "Sharq taronalari" xalqaro festivali Gran-Pri" sovrindori Sohib Pashazodaning, shuningdek O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshidagi "Kaykeb Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari" raqs ansamblining rang-barang chiqishlarini olqishladilar.

27.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint