Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Samarqand Davlat Universitetida Qo‘mita raisi, deputat Ganira Pashayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida ushbu mamlakatda o‘tkazilgan “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” doirasida Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi,deputat Ganira Pashayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining xabar berishicha, tadbirda Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari, Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo‘mitasi raisi, deputat Ganira Pashayeva, O‘zbekiston fan va adabiyot namoyandalari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbirni Samarqand Davlat Universiteti prorektori Akmal Axadov kirish so‘zi bilan ochar ekan, Samarqand Davlat Universiteti doimiy ravishda qardosh Ozarbayjondan kelgan delegatsiyani yuqori darajada kutub olishi va Ozarbayjon bilan munosabatlarga alohida ahamiyat berishini ta'kidladi. Prorektor bunday tadbirlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, ilmiy, ma'rifiy, madaniy aloqalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishini, oliy o‘quv yurtlari talabalariga qardosh mamlakatlar haqida ko‘proq ma'lumot olishlariga imkon berishini ta'kidladi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direketori Samir Abbasov o‘z nutqida Ozarbayjon va O‘zbekiston Madaniyat Vazirliklari ko‘magida o‘tkazilayotgan "Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari" tadbirlari O‘zbekistonning nafaqat Toshkent shahrini, balki viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan oliy o‘quv yurtlarini ham qamrab olayotganini ta'kidladi. Uning ta'kidlashicha, ozarbayjonlar Samarqandning ijtimoiy va madaniy hayotida doimiy ravishda faol ishtirok etib, ushbu shaharda Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida ko‘plab konsert dasturlari, xalqaro konferentsiyalar va muhim tadbirlar o‘tkazilmoqda. Diplomat Markaz loyihasiga ko‘ra, 2017 yilda Universitetda Sayid Rzo Alizada nomidagi Ozarbayjon-O‘zbekiston Do‘stlik Markazi tashkil etilganini ta'kidladi.

Samir Abbasov Ozarboyjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo‘mitasi raisi, shoira Ganira Pashayevaning O‘zbekistonga qilgan sayohatlari, safar taassurotlari haqida yozgan "Qadam ba qadam O‘zbekiston" kitobi haqida gapirib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi, deputat Ganira Pashayeva Universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talaba xodimlarini, barcha ishtirokchilarni Ozarbayjon delegatsiyasi nomidan qutlar ekan, go‘zal uchrashuv tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Samarqandda o‘tkazilgan "Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari" doirasida universitetda uchrashuv tashkil etilishi ikki mamlakat ziyolilari, ta'lim va madaniyat xodimlari, shuningdek, yoshlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, madaniy, adabiy, ta'lim va ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladi. Bunday aloqalarda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining rolini minnatdorlik bilan ta'kidlagan G. Pashayeva davlatlarimiz o‘rtasidagi yuksak darajadagi munosabatlar haqida batafsil so‘zlab, Prezidentlar Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning muvaffaqiyatli siyosati natijasida bu munosabatlar strategik ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilganini faxr bilan qayd etdi.

Qo‘mita raisi qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasida nafaqat madaniyat, adabiyot, ta'lim va ilm-fan sohasida, balki amaliy faoliyatning barcha sohalarida ham hamkorlik chuqurlashayotganini ta'kidladi. U Ozarbayjonning 44 kunlik urushdagi g‘alabasini va ushbu mas'uliyatli kunlarda O‘zbek ziyolilari, o‘zbek xalqi va davlati tomonidan Ozarbayjonga ko‘rsatilayotgan ma'naviy yordamni minnatdorlik bilan qayd etdi.

Tadbirda Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist, Samarqandda bo‘lib o‘tgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalining "Gran-Pri"mukofoti sovrindori Sohib Pashazoda torda bir qator milliy kuy-qo‘shiqlarimizni ijro etdi.

27.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint