Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda“Turkiy adabiyot durdonalari”
nomli kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Fanlar Akademyasi Sharqshunoslik Institutida Preziden t Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tayyorlangan 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekistonning davlat va hukumat a’zolari, taniqli fan va ta’lim arboblari, qardosh mamlakatda faoliyat yuritayotgan Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston elchixonalari vakillari, yozuvchi va shoirlar, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.

Dastlab tadbir ishtirokchilari “Turkiy adabiyot durdonalari” turkumida chop etilgan kitoblar ko‘rgazmasi va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 15-oktabr kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tgan VII Sammitda bildirgan takliflari aks etgan videomaterial bilan tanishdi.

Ta’kidlash joizki, to‘plamga XI-XXI asrlarda yashab ijod etgan O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Vengriyaning 629 shoir, yozuvchi va mutafakkirlarining asarlari kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” to'plamini yaratish bilan bog’liq jarayonlar, ilmiy-ijodiy izlanishlar haqida batafsil so‘zlab berdi.

Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 15-oktabrda Ozarbayjon poytaxti Bokuda bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik Kengashining VII sammitida “Turkiy adabiyot durdonalari” turkumini nashr etish tashabbusi bilan chiqqanini alohida qayd etdi.

Shuningdek, 100 jildlik asarlar to‘plamini tayyorlashda 200 dan ortiq tarjimonlar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va u boshchiligidagi Agentlikning 50 ga yaqin yozuvchi, muharrir va rassomlari ushbu loyihaga jalb qilingani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonovning nutqidan ushbu loyiha butun turkiy davlatlar, shuningdek, o‘zbek yozuvchilari, tadqiqotchilari uchun muhim voqea bo‘lganligi, 100 jildlik to‘plam kelib chiqishi, tili, dini, madaniyati bir bo‘lgan turkiy xalqlarni bir-biriga yanada yaqinlashtirishi yana bir bor e’tirof etildi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov O‘zbekiston davlati hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevga 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” to‘plami uchun alohida minnatdorlik bildirib, loyihani turkiy dunyo madaniyati va adabiyoti uchun katta voqea deb atadi.

To‘plamning Ozarbayjon adabiyotiga bog‘liq qismida O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazining ham hissasi borligidan faxrlanishini qayd etgan diplomat, mumtoz adabiyot bilan bir qatorda, zamonaviy Ozarbayjon adabiyoti vakillarining asarlari joy olgan ushbu nashr ilm-fan vakillari, tadqiqotchilar va adabiyot ixlosmandlari uchun bebaho manba bo‘lishini ta’kidladi.

Samir Abbasovning fikriga ko‘ra, Ozarbayjon adabiyoti namoyandalari Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy, Imodiddin Nasimiy, Sayid Azim Shirvoniy, Xurshidbonu Notavon va jami 200 ga yaqin shoir va yozuvchilarning 16 jilddan iborat asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinishi, adabiy aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida ulkan hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasining madaniyat masalalari bo‘yicha attashesi Ayjamal Karamurzayeva, Turkiya elchixonasi matbuot va madaniyat attashesi Hamdi Turshchu Bokudagi Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik Kengashi va Samarqanddagi Turkiy davlatlar rahbarlari sammitining ajoyib va foydali natijasi bo‘lgan ushbu loyihaning ahamiyati haqida gapirar ekan, Turkiy davlatlar o‘rtasida madaniyat va adabiyot, shuningdek, barcha sohalardagi aloqalar yanada kengayayotganidan mamnunligini bildirishdi.

Jabbor Eshonqulov, Hamidulla Boltaboyev, Ahmadjon Meliboevlar kabi o‘zbek olimlari to‘plam turkiy tilli davlatlar adabiyotini keng targ‘ib etishi, yosh avlod ongida adabiy merosni asrab-avaylashga qaratilgan g‘oyalarni mustahkamlashi, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning ma’naviy siymosini jahon afkor-ommasiga namoyish qilishini qayd etishdi.

23.11.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint