Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston mavzusi va do‘stligimizni keng targ‘ib qilgan ozarbayjonlik jurnalistlarni taqdirladi


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2022-yil uchun e’lon qilingan O‘zbekistonda Ozarbayjonga doir tanlov yakunlarini e’lon qildi.

Shu munosabat bilan 26-dekabr kuni Ozarbayjon Madaniyat Markazida Dunyo ozarbayjonlarining birdamligi kuni va Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Marosimda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi, “O‘zbekiston-Ozarbayjon” Do‘stlik Jamiyati, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi rahbariyati, jamoatchilik vakillari, O‘zbekiston fan, madaniyat, adabiyot namoyandalari, jurnalistlar, mahalliy ozarbayjonliklar ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining rasmiy vakili, taniqli jurnalist Akbar Mag‘diyev so‘zga chiqib, Ozarbayjonda O‘zbekiston mavzusini, do‘stligini, hamkorligini keng targ‘ib qilgan bir qator ozarbayjonlik jurnalistlar O‘zbekiston davlatining maxsus mukofotlari bilan taqdirlanganini ta’kidladi.

Akbar Mag‘diyevning qayd etishicha, ushbu jurnalistlar Ozarbayjon elektron ommaviy axborot vositalaridagi monitoring orqali aniqlangan.

Shunday qilib, Ozarbayjonning “mədəniyyət.az” gazetasi muharriri Lola Azeri, “Yangi Musavat” media guruhining asoschisi va rahbari Rauf Orifo‘g‘li, Ozarbayjonning “Turkiston gazeti” Bosh muharriri Oqil Camol, ozarbayjonlik yozuvchi-turkolog-jurnalist Yunus O‘g‘uz, Matbuot kengashi a'zosi. Matbuot Kengashi Boshqaruvi a’zaosi Azer Hasrat, “Turkel” gazetasi Bosh muharriri Ramiz Mashadihasanli, Ozarbayjon Jurnalistlar Uyushmasi a’zosi, yozuvchi-publitsist Akbar Qo‘shali, Ozarbayjon Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Adabiyot va san’at” portalining adabiyot bo‘limi mudiri Intiqom Yashar Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarining mukofotlariga loyiq ko‘rildi.

Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar Uyushmasining rasmiy vakili, taniqli jurnalist Akbar Mag‘diyev ushbu maxsus mukofotlarni ozarbayjonlik OAV xodimlariga yetkazish maqsadida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga topshirdi.

Yakunda Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov mukofot uchun O‘zbekiston Jurnalistlar Uyushmasiga minnatdorchilik bildirib, bunday munosabat Ozarbayjon jurnalistlari uchun katta rag‘bat, matbuotimizda qardosh O‘zbekiston, do‘stlik hamda hamkorlikka oid ko‘plab materiallar yaratilishiga zamin bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.

28.12.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint