Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Xojali genotsidining 30 yilligi munosabati bilan O'zbekistonda “Xojali qatliomida o'lgan insoniylik” tadbiri va daraxt ekish kompaniyasi o'tkazildi.


Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Xojali qirg'inining 30 yilligi munosabati bilan “Xojali qatliomida o'lgan insoniylik” nomli tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston fan, madaniyat va san'at arboblari, diasporamiz a'zolari, qardosh o'zbek xalqi vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastlab madaniyat markazi hovlisida ishtirokchilar Xojali fojiasi, Qorabog' mojarosi bilan bog'liq fotosuratlar ko'rgazmasi bilan tanishdilar, "Shahidlar bog'i"ga gulchambarlar va gullar qo'ydilar.

Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev Xojali fojiasi haqida batafsil ma'lumot berdi. Elchining aytishicha, bundan 30 yil oldin, 25 fevraldan 26 fevralga o'tar kechasi Armaniston qurolli kuchlari Sovet armiyasining 366-moto-o'qchi polki ishtirokida Xojali shahrini o'rab olgan. O'sha paytda shaharda ko'ngillilar, qariyalar, ayollar va bolalar bor edi. O'sha paytda Qizil Xoch qo'mitasi va boshqa xalqaro tashkilotlar orqali tinchlik yo'lagi tinch aholi uchun ochiq bo'lishi va ular qurshovdan chiqib ketishi haqida kelishuvga erishilgandi. Biroq armanlar tinch aholiga bu yo'lakdan foydalanishga imkon bermadi. Armanistonlik jangarilar keksa odamlarni, ayollarni va bolalarni sovuqqonlik bilan o'qqa tutishdi. Diplomat Xojalida halok bo'lgan, yaralangan va bedarak yo'qolganlar haqida ma'lumot berdi.

Husayn Guliyevning aytishicha, Armaniston prezidenti Serj Sarkisyan britaniyalik jurnalist Tomas de Vaalning "Xojalida nima bo'ldi" degan savoliga g'urur bilan shunday javob bergan: "Xojalidan oldin ozarbayjonlar biz bilan hazillashishlari mumkin beb o'ylardilardilar, armanlar tinch aholiga qarshi qo'l ko'tarmasliklariga ishonardilar. Ammo biz bu stereotipni buzishga muvaffaq bo'ldik. Bu narsa o'sha yerda sodir bo'ldi."

Elchi 57 davlatni birlashtirgan Islom hamkorlik tashkiloti Xojali genotsidini rasman tan olganini va fojia XX asrning dahshatli jinoyatlari - Katin, Xirosima, Nagasaki, Songmi va Xolokost qirg'inlari bilan bir xil ekanligini ta'kidladi. Hozirgi kunda Xojali genotsidini dunyoning 17 mamlakati va Amerika qo'shma Shtatlarining 24 davlati tan olgan.

O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati raisi, professor Erkin Nuriddinov Xojali genotsidi va arman agressiyasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashar ekan, armanlarning bosqinchilik siyosati nafaqat Ozarbayjon, balki butun mintaqa uchun xavf tug'dirganini ta'kidladi.

Keyin Toshkentdagi Haydar Aliyev bog'ida ko'chat ekish kampaniyasi o'tkazildi, genotsid qurbonlari xotirasini abadiylashtirish uchun 30 ta daraxt ko'chati ekildi.

Elchi Husayn Guliyev va boshqa mehmonlar bog'da turli daraxt ko'chatlari ekishdi.

24.02.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint