Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan har ikki mamlakat Madaniyat vazirliklari ko'magida O'zbekistonning Surxondaryo viloyatida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari davom etmoqda.


Ushbu tadbirda Ozarbayjondan kelgan mehmonlar, ushbu universitetning professor - o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Dastlab Termiz Davlat universitetida Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Rektor A. Maraximov mehmonlarni qutlar ekan, ushbu oliygoh 1950 yilda o'z faoliyatini boshlaganligi haqida ma'lumot berdi. Rektor Ozarbayjon universitetlari bilan aloqalar haqida gapirib, hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta'kidladi. Ganira Pashayeva mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni barcha sohalarda, jumladan, madaniy-gumanitar sohada rivojlantirish haqida so'z yuritdi. Deputat Termiz Davlat universiteti va Ozarbayjon oliy o'quv yurtlari o'rtasida o'qituvchi va talabalar almashinuvi masalasiga to'xtaldi.

Qo'mita raisi 44 kunlik Vatan urushi haqida ma'lumot berdi, qariyb 30 yil davomida bosib olingan yerlarimizni qaytarib olish, qadimiy Shusha shahrining ozod etilishi haqida ma'lumot berdi. G.Pashayevaning ta'kidlashicha, ishg'oldan ozod qilingan shahar va qishloqlar vayron qilingan, masjidlar va boshqa tarixiy obidalar xarobaga aylangan. Uning aytishicha, Ozarbayjon Prezidentining buyrug'i bilan bu yil Shusha shahri Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e'lon qilindi. Kelasi yili esa Shusha Turk dunyosining madaniy poytaxti bo'ladi. Bu haqda tegishli qaror allaqachon qabul qilingan.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasovning ta'kidlashicha, sobiq SSSR davrida va mustaqillik yillarida buyuk Ozarbayjon shoirlari Nizomiy Ganjaviy, Fuzuliy,Nasimiy va zamonaviy shoirlarning asarlari vaqti-vaqti bilan o'zbek tilida nashr qilinib, O'zbekistonning yetakchi kutubxonalariga sovg'a qilingan. Samir Abbasovning ta'kidlashicha, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning buyrug'i bilan 2022 yil" Shusha yili " deb e'lon qilindi va shu munosabat bilan Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasi doirasida Termiz davlat universitetida Xurshudbonu Notavon nomidagi Ozarbayjon o'chog'i tashkil etildi. Abbasovning ta'kidlashicha, yaratilgan o'choq va O'zbekistonda tashkil etilgan markazlarning keyingi faoliyati ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Diplomatning qayd etishicha, kelgusida O'zbekistondagi oliy o'quv yurtlarida tashkil etilgan mazkur o'choqlarda onlayn Ozarbayjon tili kurslari tashkil etilib, qo'shma konferensiya va uchrashuvlar tashkil etiladi.

Akif Marifli Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan O'zbekiston kutubxonalari orasida,onlayn platforma yaratish shu jumladan Termiz davlat universitetini ham qo'shilib, joriy yilning oktyabr oyida Bokuda bo'lib o'tadigan xalqaro kitob yarmarkasida ishtirok etishni taklif qildi.

Ganja viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Vasif Jannatov Ganja shahri haqida, ma'lumot berib,44 kunlik Vatan urushi paytida Armaniston tomonidan ushbu qadimiy shaharning raketa hujumiga duchor bo'lib, tinch aholi, shu jumladan bolalarning o'ldirilganligi haqida ma'lumot berdi. U Ganja shahrida "Navoiy kuni" va Termiz shahrida "Nizomiy kuni" ni o'tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Keyin universitet zalida talabalar bilan uchrashuv va rasmiy nutqlar bo'lib o'tdi. Ikki davlat o'rtasidagi do'stlik, hamkorlik masalalari, bu yo'nalishda amalga oshiriladigan ishlar haqida ma'lumot berildi, Ozarbayjon delegatsiyasi nomidan Universitetga sovg'alar topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida Ozarbayjonlik san'atkorlar chiqish qildilar. Ozarbayjon Xalq artisti Gulyanag Mammadova maqom va xalq qo'shiqlarimizni, oshiq Ilhom Abdullayev soz navolarini, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazidagi "Quvkab Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari" ansambli a'zolari Milliy raqslarimizni ijro etishdi.

13.04.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint