Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Shushada Ozarbayjon va O'zbekiston shoirlarining “Majlisi Faromushon” she'riyat Majlisining ochilishi va she'r majlisi bo'lib o'tdi.


28 yildan so'ng arman ishg'olidan ozod bo'lgan Ozarbayjon madaniyati poytaxti Shushada Ozarbayjon va O'zbekiston shoirlari ishtirokida "Majlisi Faromushon" shoirlar Majlisining rasmiy ochilishi bo'lib o'tdi.

Ochilish marosimida Ozarbayjon Madaniyat Vazirligi, har ikki mamlakat Yozuvchilar uyushmasi vakillari hamda shoirlar ishtirok etdi.

Avvalo, Ozarbayjon shoirlari maqbarasi, Qorabog' adabiy maktabining taniqli vakillari Mulla Panoh Vagif mahbarasini ziyorat qildilar va shoirning hamda Xurshidbonu Notavonning byustlariga gullar qo'yildi.

Tadbirni O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov kirish so'zi bilan ochib, ikki asrdan so'ng Turk dunyosining ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va she'riyatining yirik markazi hisoblangan Ozarboyjon va O'zbekiston o'rtasida qayta bunyod bo'lgan "Majlisi Faromushon" she'rlar Majlisining loyihasi haqida ma'lumot berib, O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va Ozarbayjon Madaniyat vazirligi ko'magida o'tkazilgan tadbirning ahamiyati haqida gapirdi.

Samir Abbasov har ikki mamlakat madaniyati va adabiyoti vakillarining tarixiy Shusha shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvini dunyoga buyuk madaniyatimiz, san'atimiz, qardoshligimiz va birligimizni ko'rsatish, adabiyot sohasida hamkorlik uchun ajoyib maydon ochishning muhim omili va maqtovga sazovor fakt deb takidladi. Diplomatning ta'kidlashicha, 2022 yil Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan" Shusha yili " deb e'lon qilingan va shu maqsadda ko'plab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Marifli arman bosqinidan ozod bo'lgan Shushaning madaniy hayoti asta-sekin qayta tiklanayotganini, madaniyatimiz ozod qilingan Shushaga qaytayotganini ta'kidladi. Prezident Ilhom Aliyev Shushani Ozarbayjon madaniyati poytaxti deb e'lon qilganini qayd etgan A. Marifli 2023 yil TURKSOY turk madaniyati poytaxti deb e'lon qilinganini va turk dunyosining yuragi Shushada urishini aytdi.

Akif Marifli shoirlar majlisining muhimligini va madaniyat vazirligi tomonidan bunday loyihalarni lozim darajada qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.

Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining xalqaro ishlar bo'yicha kotibi Selim Bobullao'g'li adabiyotimizni dunyoga targ'ib qilish bilan bog'liq ishlar haqida gapirib, Turk dunyo madaniy hayotida adabiyotning o'rni doimo katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi. S. Bobullao'g'li ushbu xalqaro tadbir shoirlarimiz o'rtasidagi adabiy aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish, yakdillik va hamjihatligimiz uchun ajoyib imkoniyatlar ochishini ta'kidladi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari, shoir G'ayrat Majid xalqlarimiz, davlatlarimiz o'rtasidagi yuksak darajadagi munosabatlar, davlat rahbarlarining muvaffaqiyatli siyosati natijasida do'stligimiz va qardoshligimiz yanada mustahkamlanganini ta'kidladi. U Qorabog'ning har bir burchagida, toshida turkiy madaniyat izlari ko'rinib turishini, Shusha chindan ham boy madaniyat, san'at, adabiyotga ega ekanligini qayd etdi. Ozarbayjon xalqi Shushada boy madaniyat yaratayotganini ta'kidlagan Gayrat Majid 2023 yildan boshlab bu turkiy dunyo uchun muhim bo'lishini, har birimiz madaniy poytaxt, san'at ma'budi bo'lgan Shushaga bag'ishlangan tadbirlarga guvoh bo'lishimizni aytdi.

Ochilishda filologiya fanlari falsafa doktori Karimulla Mammadzoda Qorabog'da XIX-XX asrlarda mavjud bo'lgan shoirlar majlisining tarixi haqida so'zlab berdi.

So'ngra" Majlisi Faromushon " Ozarbayjon va O'zbekiston shoirlari ishtirokida davom etdi.
Ozarboyjonning xalq shoiri Nariman Xasanzoda,shoir Ilg'or Fahmiy,Sayman Aruz,o'zbek shoiri G'ayrat Majid,tarjimon-adabiyotshunos olim Boboxon Sharif ishtirokida Vatan, Qorabog' adabiyot, san'at, turkiy dunyo, birlik, birodarlik haqida she'rlar o'qirdilar.

Qayd etish kerakki, shoirlar majlisi videotasviri Ozarbayjon Davlat televideniyesining "Ko'prik" dasturida efirga uzatiladi.

Tashrif davomida mehmonlar Prezidentimizning Shusha shahridagi vakolatxonasida bo'lib, tadbir, madaniyat, adabiyot sohasidagi ishlar, loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.

19.04.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint