Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda TURKSOY tomonidan Ozarbayjon voqeliklarini yoyishda qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun o‘zbek jurnalistlari maxsus mukofotlar bilan taqdirlandilar.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida o‘zbek jurnalistlariga TURKSOYning Matbuot mukofotlari topshirildi.

Ta'kidlash joizki, 44 kunlik Vatan urushi tugaganidan so‘ng, Ozarbayjon Madaniyat Markazi taqdimotiga asoslanib, TURKSOY tashkiloti bir qator o‘zbek jurnalistlarini Ozarbayjon voqeliklarini yoyishda qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun taqdirladi.

Tadbirda TURKSOY tashkiloti rahbariyati, O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi, madaniyat va san'at namoyandalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida ishtiroksilar, buyuk Rahbar Haydar Aliyev haykali poyiga va shahidlar bog‘iga gullar qo‘ydilar.

Tadbirni O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov kirish so‘zi bilan ochib, TURKSOY tashkiloti haqida ma'lumot berdi va turkiy mamlakatlarning madaniy sa'y-harakatlarini birlashtirgan ushbu tashkilot doirasida keng hamkorlik platformasi yaratilgani, xalqaro tashkilotlar atrofida samarali faoliyat olib borilayotganini ta'kidladi. U O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi TURKSOY bilan hamkorlik qilayotganini, Markaz ko‘magida TURKSOY loyihasi doirasida Molla Panah Vagif, Baxtiyar Vahabzoda kabi shoirlarning she'rlari kitob sifatida chop etilganini ta'kidladi.

Diplomat Ozarbayjon armiyasining qahramonligi, Oliy Bosh Qo‘mondon, Prezident Ilhom Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati natijasida qariyb 30 yil davomida bosib olingan Ozarbayjon yerlari 44 kunlik Vatan urushi natijasida ozod qilinganligini ta'kidladi. U o‘tgan davr mobaynida, shuningdek, Vatan urushi davrida Ozarbayjon faktlarini O‘zbekiston va butun dunyo e'tiboriga havola etgan taniqli ommaviy axborot vositalari vakillariga minnatdorchilik bildirdi.

O‘zbekiston-Ozarboyjon Do‘stlik jamiyati raisi Erkin Nuriddinov, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi Olimjon Usarov, O‘zbekistondagi “TURON” Fanlar Akademiyasi Prezidenti Xaydarbek Bobobekovlar O‘zbekiston bilan Ozarbayjon, shuningdek, Turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda, shu jumladan fan, madaniyat, san'at va matbuot sohasida rivojlanayotganligini ta'kidlab, Turkiy davlatlar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi haqida so‘z yuritdilar.

TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev o‘z nutqida u vakili bo‘lgan tashkilot faoliyati to‘g‘risida ma'lumot berdi va 2020 yilda TURKSOYning Matbuot mukofotini qadimgi Ozarbayjon tuproqlarini ozod qilinishi uchun 44 kunlik Vatan urushi paytida sodir bo‘lgan voqealar va Qorabog‘ voqeliklarini dunyo hamjamiyatiga havola qilgan matbuot xodimlariga berishga qaror qilinganini bildirdi.

Bosh kotibning aytishicha, Ozarbayjon Madaniyat Vazirligi tashabbusi bilan 2021 yilning 10 sentyabrida bo‘lib o‘tgan marosimda TURKSOY matbuot mukofoti uning egalaridan bir qismiga berilgan.

So‘ngra Sulton Rayev va Samir Abbasov Ozarbayjon voqeliklarini jahon hamjamiyatiga olib chiqishda aloxida xizmat ko‘rsatgan o‘zbek jurnalistlariga TURKSOY mukofotlarini topshirdilar. Mukofotlar tarixchi Shuxrat Salamov, jurnalistlar Ihtiyor Abduraxmanov, Serdar Keskin, Shokir Dolimov, Muslimjon Mirzajanov, Nozim Buronov va Sharofiddin Tulaganovlarga nasib etdi. Ta'kidlash kerakki, 2021 yilda Bokuda bo‘lib o‘tgan tadbirda jurnalistlar Qamaraddin Shayxov va Abduvali Saibnazarovlar TURKSOY mukofotlari bilan taqdirlangan edilar.

Tadbirda TURKSOY faoliyati haqida video namoyish etildi.

Tadbirning badiiy qismida “Faxriy artist Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarboyjon qizlari” raqs ansambli a'zolari raqslarimizni, xonandalar Ra'no Azizova, Temur Raxmanov va boshqalar ozarbayjon va o‘zbek qo‘shiqlarini ijro etdilar.

Tadbir doirasida Bosh kotib TURKSOY Sulton Rayev O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining muzeylarida bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilish maqsadida Markaz direktori Samir Abbasov bilan uchrashdi.

09.09.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint