Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda “Wikipedia.org” xalqaro elektron ensiklopediyasida oʻzbek tilida yaratilgan Ozarbayjon haqidagi boʻlimlarning taqdimoti boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, “Islohotchi yoshlar” Jamoat Birlashmasi va Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar Fondi koʻmagida tashkil etilgan “Ozarbayjon-O”zbekiston yoshlarining Doʻstlik-Hamkorlik forumi” doirasida “Wikipedia.org” xalqaro elektron ensiklopediyasida Ozarbayjonga oid oʻzbek tilida yaratilgan boʻlimlarning taqdimoti oʻtkazildi.

Qayd etish lozimki, “Wikipedia.org” xalqaro elektron ensiklopediyasi dunyodagi eng katta maʼlumotlar bazasi sifatida millionlab odamlar murojaat qiladigan asosiy manba ekanligi va ushbu ensiklopediyada dunyoning aksariyat tillaridagi maʼlumotlar mavjudligi hisobga olinib, Oʻzbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ushbu ulkan loyihaga start bergan edi.

Birinchi boʻlib soʻzga chiqqan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon haqidagi maʼlumotlarni Internet, elektron va bosma ommaviy axborot vositalarida oʻzbek tilida boyitish, bu borada oʻzbek matbuoti bilan yaqin hamkorlik va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berdi. Diplomat 2016-yilda “Wikipedia.org” xalqaro elektron ensiklopediyada o'tkazilgan monitoring natijasida Ozarbayjon haqidagi oʻzbek tilidagi maʼlumotlar juda kam, noxolis va talablarga javob bermaganini taʼkidladi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining axborot koʻmagi hamda Wikipedia koʻngillilari ishtirokida xalqaro elektron ensiklopediyada Ozarbayjonga doir oʻzbek tili versiyasini yaratish ishlari boshlandi.

Soʻnggi 6 yil ichida Oʻzbekistondagi Wikipedia koʻngillilari maʼlumotlarni tanlash, tizimlashtirish, tarjima qilish va onlayn ensiklopediyaga joylashtirishni amalga oshirdilar. Loyiha doirasida Ozarbayjon haqida oʻzbek tilida maʼlumot olishni istagan har bir internet foydalanuvchisi mamlakatimiz haqida toʻliq va obyektiv maʼlumot olish imkoniga ega boʻldi.

Soʻngra tadbir ishtirokchilariga Ozarbayjon Madaniyat Markazi veb-saytidagi “Ozarbayjon Wikipediyada” nomli boʻlimda joylashtirilgan va oʻzbek tilida yaratilgan maqolalar taqdim etildi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi inspektori Karimulla Mammadzoda tayyorlangan maxsus taqdimotni namoyish etdi.

Qayd etilishicha, oʻtgan davr mobaynida Wikipedia xalqaro elektron ensiklopediyasida oʻzbek tilida Ozarbayjon davlatchiligi, tarixi, madaniyatiga oid Ozarbayjon, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi, Haydar Aliyev, Ilhom Aliyev, Mehribon Aliyeva, Haydar Aliyev jamgʻarmasi, Laylo Aliyeva, Ozarbayjon xalqining Milliy najot kuni, Asr shartnomasi, Ozarbayjon madaniyati, Qiz qalʼasi, Kelag‘ayi, Ozarbayjon ashug san’ati, Kitobi Dadam Qoʻrqut, Ko‘ro‘gli dostoni, Ozarbayjon kinosi, Ozarbayjon oshxonasi, Davlat bayrogʻi maydoni, Icheri-sheher, Ateshgyax, Kobuston davlat tarixiy-badiiy qo‘riqxonasi nomli boʻlimlar ishga tushgan.

Bundan tashqari, Armanistonning Ozarbayjonga qilgan tajovuzi, yerlarimizning bosib olinishi, olib borilgan genotsid siyosatiga oid Mart genotsidi, Qora yanvar, Qorabogʻ mojarosi, Qorakent fojiasi, Xoʻjayli genotsidi, Xonkandi, Zangezur, Gubadli tumani, Irevan Davlat Ozarbayjon Drama Teatri, Shusha tumani, Xaribulbul musiqa festivali, Fuzuliy tumani, Agʻdam tumani, Jabroyil tumani, Xudaferin koʻpriklari, Shusha Davlat Tarixiy-Meʼmoriy Qoʻriqxonasi, Lochin, Kalbajar, Iravan xonligi, Qorabogʻ, Susuzlug qishlogʻi yaqinidagi portlash, Polad Hoshimov sarlavhali maqolalar onlayn foydalanuvchilarga taqdim etildi.

Yaratilgan boʻlimlarda Ozarbayjonning mashhur fan, madaniyat va adabiyot namoyandalari hisoblanmish Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy, Imomiddin Nasimiy, Said Azim Shirvoniy, Mirzo Alakbar Sobir, Jalil Mammadqulizoda, Husayn Jovid, Xurshidbonu Notavon, Narimon Narimonov, Abdurahimbek Haqberdiyev, Uzeyir Hajibeyov, Mikoyil Mushfigʻ, Xon Shushinskiy, Fikrat Amirov va boshqa adiblarga doir maqolalar joy olgan.

Taqdimotda ishtirok etgan oʻzbek yoshlari loyiha va yaratilgan boʻlimlar haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ushbu boʻlimlar boʻyicha oʻzbek tilida maʼlumot olishni istagan har bir foydalanuvchi mamlakatimiz haqida toʻliq va xolis maʼlumot olishi mumkinligi qayd etildi.

Bugungi kunga qadar yuzlab boʻlimlar ishga tushirilgani, ayni paytda ushbu loyiha Oʻzbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan muvaffaqiyatli davom ettirilayotgani taʼkidlandi.

15.02.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint