Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Davlat Sanʼat va madaniyat instituti delegatsiyasining Ozarbayjonga safari tashkil etildi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Davlat Sanʼat va madaniyat instituti rektori Eldor Shermonov rahbarligidagi katta delegatsiyasi joriy yilning 23-28-fevral kunlari Ozarbayjonga safari uyushtirildi. Delegatsiyaga safar davomida Madaniyat markazining maʼmuri, jamoatchilik bilan aloqalar va ommaviy axborot vositalari boʻyicha mutaxassis Yusuf Mammedov hamrohlik qildi.

Tashrif davomida oʻzbekistonlik mehmonlar Ozarbayjon Davlat Madaniyat va sanʼat universitetida boʻlib, rektor Jayron Mahmudova bilan uchrashdi, doʻstlik aloqalarni kengaytirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazilib, tomonlar oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar oʻqituvchi va talabalar almashinuvi, madaniyatning turli sohalarida qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish va oʻquv tajribasi almashinuvi toʻgʻrisida kelishib oldilar. Bundan tashqari, Ozarbayjon Davlat Madaniyat va sanʼat universiteti rassomlik fakulteti tajribasidan foydalangan holda, Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutida shu nomdagi fakultet ochishga, professor-oʻqituvchilar tomonidan yiliga bir marta oylik darslarni oʻzaro tashkil etishga kelishib oldi. Mehmonlar universitet erishgan yutuqlar, fakultetlar, oʻquv jarayoni, Ozarbayjon tomonining ilgʻor tajribalari bilan tanishib, joylarda bir qator muhokamalar oʻtkazdilar hamda oʻquv mashgʻulotlari, muammoli yoʻnalishlarda hamkorlikni mustahkamlashni kelishib olishdi.

Rektor Eldor Shermonov Ozarbayjon Davlat Madaniyat va sanʼat universiteti rektori Jayron Mahmudovani shu yil may oyida Oʻzbekiston Davlat Sanʼat va madaniyat institutida Turkiy davlatlar talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan teatr festivaliga taklif qildi.

Oʻzbekiston Davlat Sanʼat va madaniyat instituti rektori Eldor Shermonov boshchiligidagi katta delegatsiya Boku Davlat universitetida ham boʻlib, mehmonlarni rektor Elchin Babayev qabul qildi. Uchrashuv va muhokamalardan soʻng, har ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnoma kelajakda oʻqituvchilar, talabalar va tadqiqotchilar almashinuvi, axborot va nashrlar almashinuvi, qoʻshma tadqiqotlar, maʼrifiy tadbirlar, treninglar tashkil etishda hamkorlikni nazarda tutadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Milliy konservatoriyasida ham boʻldi. Mehmonlarni rektor Siyovush Karim qabul qildi. Konservatoriya fakultetlari, kafedralari bilan Oʻzbekiston Davlat Sanʼat va madaniyat institutining hamkorligi, har ikki tomonning oʻquv jarayoni, mugʻom sanʼati, vokal, xalq cholgʻulari va shu kabilarni oʻrgatish yoʻnalishida tajriba almashish masalalari muhokama qilinib, oliy taʼlim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tomonlar hamkorlik toʻgʻrisida umumiy kelishuvga erishdi.

Oʻzbekiston Davlat Sanʼat va madaniyat instituti delegatsiyasi Ozarbayjon Davlat tillar universiteti rektori Kamol Abdulla bilan ham uchrashuv oʻtkazib, hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Universitetda joylashgan boshqa xorijiy mamlakatlar markazlari bilan tanishgan Oʻzbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Davlat tillar universitetida Oʻzbekiston markazini ochishga kelishib olishdi.

Ushbu markazni tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston tomoni koʻrgazmali qurollar, bannerlar, burchaklar, eksponatlar, esdalik sovgʻalari, kiyim-kechaklar, oʻzbek madaniyati va adabiyotiga oid nashrlar bilan taʼminlashini bildirdi.

28.02.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint