Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbek olimlarining “Oʻzbekiston - Ozarbayjon: qardosh xalqlar oʻrtasidagi madaniy-maʼnaviy hamkorlikning tarixiy jihati” mavzusidagi monografiyalari nashr etildi.


“Oʻzbekiston-Ozarbayjon” Doʻstlik Jamiyati ijrochi direktori, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti professori Erkin Nuriddinov va ozarbayjonlik yosh olim, tarix fanlari nomzodi Azer Adigoʻzalovning “Узбекистан – Азербайджан: исторический аспект культурно-духовного взаимосотрудничества братских народов” (Oʻzbekiston-Ozarbayjon: qardosh xalqlar oʻrtasidagi madaniy-maʼnaviy hamkorlikning tarixiy jihati) mavzusidagi monografiyasi Toshkentda “Renessans Press” nashriyotida rus tilida nashr etildi.

Monografiya Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida chop etildi.

Monografiyadan qadim davrdan to bugungi unga qadar oʻzbek va ozarbayjon ‒ ikki qardosh xalqning oʻzaro munosabatlari, madaniy-ma'naviy hamkorlik, davlatlararo munosabatlarga oid aniq tarixiy faktlar, rasmiy davlat hujjatlari, arxiv materiallariga oid aniq tarixiy maʼlumotlar joy olgan.

Nashrda qayd etilishicha, miloddan avvalgi II-I asrlarda eng gavjum hamkorlik va savdo yoʻli Xitoy va Hindistondan boshlanib, Oʻrta Osiyo orqali oʻtgan, bu yerdan Kaspiy dengiziga yetib borgan va Ozarbayjon orqali chiroqlar mamlakati ‒ Yevropaga choʻzilgan va bu yoʻl Strabon tomonidan Buyuk Ipak yoʻli deya nomlangan. Monografiyada Buyuk Ipak yoʻlining uchta asosiy karvon yoʻllaridan biri Markaziy Osiyoning Fargʻona vodiysi (Oʻzbekiston) orqali oʻtib, Kavkazdagi qadimgi Ozarbayjon Atropatena davlati yerlari orqali oʻtganligi oʻz aksini topgan.

Monografiyada ham Sovet davrida, ham mustaqillikdan keyingi munosabatlarga nazar solinib, yirik siyosiy arbob, Ozarbayjon xalqining milliy yetakchisi Haydar Aliyev qardosh davlatlar, xususan, Oʻzbekiston bilan munosabatlarga alohida ahamiyat bergani, Milliy rahbar 1993-yilda yana hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni tiklashda muhim rol oʻynagani masalasi, uning rivojlanishdagi ajoyib yutuqlari qayd etilgan.

Shuningdek, toʻplamda madaniy aloqalarimizni rivojlantirishda jamoat tashkilotlarining oʻrni alohida taʼkidlanib, Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan amalga oshirilgan koʻplab madaniy loyihalar, Oʻzbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti, haftalik, kino, musiqa va oshxona kunlari, koʻplab konferensiyalar, uchrashuvlar, doʻstlik konsertlari, imzolangan memorandumlar ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochishi taʼkidlangan.

Monografiyaning birinchi faslida antik va oʻrta asrlarda qardosh xalqlarning hamkorligiga qisqacha tarixiy ekskursiya uyushtirilib, ikkinchi faslda XIX-XX asrlarda oʻzbek va ozarbayjon xalqlarining munosabatlari va hamkorligi, Turkiston va Ozarbayjondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga bagʻishlangan, taʼlim, fan va adabiyot, madaniy aloqalarni rivojlantirishda teatrning oʻrni va roli, konsolidatsiya va siyosiy birlik gʻoyalarini rivojlantirish kabi masalalar oʻz aksini topgan.

Ilmiy tadqiqot ishining uchinchi faslida Sovet davrida mavjud boʻlgan bir xil davlatchilik tizimida namoyon boʻlgan ikki xalq oʻrtasidagi madaniy va maʼnaviy hamkorlik holati, adabiyot va sanʼat, fan va taʼlim sohasidagi munosabatlar koʻrib chiqilgan. Monografiyaning toʻrtinchi faslida yangi geosiyosiy vaziyat, mustaqil davlatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning shakllanishi, tashqi siyosat, ikki suveren mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning huquqiy asoslarini shakllantirish haqida soʻz borgan.

Mualliflar beshinchi faslda ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy va maʼnaviy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari, munosabatlarni rivojlantirishda davlat va jamoat tashkilotlarining rolini alohida koʻrib chiqib, madaniyat sohasi davlatlararo munosabatlarda katta kuch ekanligi, zamonaviy davrda ichki ishlar davlatlararo munosabatlarga aylangani, davlatlar tashqi siyosatining muhim tarkibiy qismi va mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar darajasini oshirishda muhim rol oʻynashini taʼkidlashgan.

Nashrdan Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasi doirasida Oʻzbekistonning yetakchi universitet va madaniyat muassasalarida tashkil etilgan Ozarbayjon markazlari, egizak shaharlar loyihasini amalga oshirish, Ozarbayjon tarixi, madaniyati, adabiyotiga oid yuzlab tarjima nashrlarning nashr etilishi, koʻplab ilmiy loyihalar, Ozarbayjon hamda Oʻzbekistonda tashkil etilgan oʻnlab mediaturlar, Oʻzbekiston matbuotida eʼlon qilingan maqolalar, telekoʻrsatuvlar va shu kabi madaniy aloqalarimiz rivojiga katta turtki berayotgani ham anglash mumkin.

Qayd etish joizki, monografiya xalqaro munosabatlar va tashqi siyosatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida ikki tomonlama madaniy aloqalarga qiziqqan keng kitobxonlar, shuningdek, oliy oʻquv yurtlarining tegishli mutaxassisliklari va fakultetlari mutaxassislari, oʻqituvchilar, magistrantlar va talabalari uchun moʻljallangan.

Monografiya Oʻzbekistonning Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Ilmiy Kengashi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tarixiy doʻstlik, xalqlarimiz oʻrtasidagi aloqalar, mustaqil davlatlarimiz orasidagi hamkorlikning yuksak darajasiga oid ilmiy maqolalar, nashrlar tayyorlashga katta ahamiyat berajagini urgʻuladi. Ozarbayjon Madaniyat markazi bunday nashrlar kelajakda Ozarbayjon-Oʻzbekiston munosabatlari, davlatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha tadqiqotlar olib borayotgan mutaxassislar uchun foydali manba boʻlishi, tayyorlangan monografiyaning joriy yil davomida Oʻzbekiston hamda Ozarbayjonda taqdimoti oʻtkazilishini bildirdi.

09.03.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint