Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda boʻlib turgan Ozarbayjon media tuzilmalari bilan ishlaydigan davlat tashkilotlari mutasaddilari Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurdi.


Oʻzbekistonda rasmiy safarda boʻlib turgan Ozarbayjon Respublikasi Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish agentligi Ijrochi direktori Ahmad Ismoilov, Audiovizual Media Kengashi raisi Ismat Sattarov, Ozarbayjon Teleradioeshittirish YOAJ raisining birinchi oʻrinbosari Rafiq Hoshimov, Ozarbayjon Davlat axborot agentligi boshqaruvi raisi (AZERTAC) Vuqar Aliyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Maʼmuriyatining Aloqa va NNT boʻlimining raqamli Media sektori boshligʻi Elmir Valizoda, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Maʼmuriyati Aloqa va NNT boʻlimining Media sektori boshligʻi Komron Hasanov, Ozarbayjon Respublikasi Nodavlat tashkilotlarini Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash agentligining ijrochi direktori Aygun Aliyeva va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Maʼmuriyatining Aloqa va NNT boʻlimining ish sektorining bosh maslahatchisi Rahu Shirinovadan iborat Delegatsiya Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurdi.

Eng avvalo, mehmonlar Madaniyat Markazi oldiga oʻrnatilgan Umummilliy Lider Haydar Aliyevning byustiga gul qoʻyishgach, Markaz hovlisida yaratilgan Shahidlar xotira majmuasini ziyorat qilishdi.

Markaz direktori Samir Abbasov mehmonlarga Madaniyat Markazi faoliyati haqida keng maʼlumot bergach, Umummilliy Lider Haydar Aliyev nomidagi ushbu Madaniyat Markazi Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstlik va madaniy aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi. Shundan soʻng mehmonlar Madaniyat Markazida tashkil etilgan Ozarbayjon-Oʻzbekiston Doʻstlik Muzeyi, Haydar Aliyev, Ozarbayjon tarixi va Gilam muzeylari bilan yaqindan tanishdilar.

Ozarbayjon-Oʻzbekiston Doʻstlik Muzeyiga tashrif buyurganlarga Ozarbayjon va Oʻzbekiston xalqlarining umumiy qadriyatlari, tarixiy ildizlari, madaniyatini aks ettiruvchi Doʻstlik Muzeyi Umummilliy Lider Haydar Aliyevning 100 yilligi munosabati bilan ochilgan va ushbu muzeydan Ozarbayjonning O'zbekiston bilan tarixiy aloqalarini aks ettiruvchi koʻplab eksponat, maket, suvenir, hunarmandchilik buyumlari va shu kabilar joy olgan. Madaniyat Markazida tashkil etilgan Haydar Aliyev muzeyini ziyorat etgan mehmonlar Umummilliy Lider Haydar Aliyevning hayoti va siyosiy faoliyatini aks ettiruvchi fotosuratlar va nashrlar bilan ham tanishdilar.

Ozarbayjon tarixi muzeyini ziyorat etgan mehmonlarga Ozarbayjon tarixi, madaniyati, adabiyoti, sanʼati, xalq hunarmandchiligi, musiqasi, anʼanalari, tarixiy obidalarini aks ettiruvchi koʻplab burchaklar, eksponat va maketlar haqida maʼlumot berildi. Gilam muzeyiga tashrif davomida mehmonlar bu yerda namoyish etilgan tarixiy Ozarbayjon gilamlari haqida qimmatli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Tashrif soʻnggida Madaniyat Markaziga tashrif buyurgan delegatsiya bilan esdalikka suratga tushildi.

03.04.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint