Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkent Diplomatiya Universitetida Umummilliy Lider Haydar Aliyevning 100 yilligi munosabati bilan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.


Oʻzbekiston Dunyo Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida Umummilliy Lider Haydar Aliyevning 100 yilligi munosabati bilan “Haydar Aliyev Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstligi va strategik hamkorligining asoschisi” nomli Xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi Elchixonasi, Oʻzbekiston Senatining hamkorligida tashkil etilgan xalqaro Konferensiyada elchilar, diplomatlar, har ikki mamlakatning deputatlari, rektorlar, Umummilliy Lider Haydar Aliyev bilan birga ishlagan Oʻzbekistonning nufuzli shaxslari, davlat va hukumat namoyandalari, ilm, madaniyat va sanʼat xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Konferensiya ishtirokchilari avvalo, universitet foyesida Umummilliy Lider Haydar Aliyevning hayot va boy davlatchilik faoliyatiga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdilar.

Konferensiyani Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev kirish soʻzi bilan ochar ekan, dunyoga mashhur siyosatchi Haydar Aliyevning boy siyosiy faoliyati haqida gapirib, Umummilliy Lider Sobiq Ittifoq davrida SSSR rahbariyatida faoliyat olib borar ekan, Ozarbayjon bilan birga, boshqa ittifoqchi respublikalar, jumladan, Oʻzbekiston uchun amalga oshirgan xizmatlarini qayd etib, mustaqillikka erishilgach, birinchilardan mamlakatlarimiz oʻrtasida diplomatik munosabatlarning oʻrnatilishida Haydar Aliyevning alohida oʻrnini taʼkidladi. U Haydar Aliyevning doim davlatining hamda xalqining manfaatlarini himoya qilgani, Ozarbayjon mustaqilligining xaloskori sifatida tavsiflab, bugungi msutaqil Ozarbayjon muvaffaqiyatlarining asoschisi ekanligini urgʻuladi.

Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev zamonaviy Ozarbayjon davlatining va Ozarbayjon mafkurasi asoschisi Haydar Aliyevning Vatan oldidagi xizmatlari haqida gapirdi. Elchining taʼkidlashicha, Ozarbayjon uchun juda ogʻir va ziddiyatli davrda xalqning talabi bilan hokimiyatga qaytgan hamda mamlakatni fuqarolar urushi va parchalanish xavfidan xalos etgan Haydar Aliyevning siyosati natijasida bugungi kunda Ozarbayjon dunyo miqyosida mustaqil va nufuzli davlat sifatida tan olinishi, mamlakat hurmat qilinishini qayd etdi.

Husayn Guliyev Haydar Aliyev tomonidan qoʻyilgan barqarorlik, taraqqiyot strategiyasini uning oʻgʻli va munosib davomchisi, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev muvaffaqiyatli davom ettirayotgani, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, 44 kunlik Vatan muhorabasida Ozarbayjonning buyuk gʻalabasi haqida fikr bildirib, hududiy yaxlitligini tiklagan Ozarbayjonning mintaqada lider davlatga aylanganini taʼkidladi.

Konferensiyada “Umummilliy Lider Haydar Aliyev haqida “Men ozarbayjonlik ekanimdan faxrlanaman” nomli hujjatli film namoyishi ham boʻlib oʻtdi.

Soʻngra, Haydar Aliyev bilan birga ishlagan, Sovet davrida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri boʻlib ishlagan, Umummilliy Liderning doʻsti Ismoil Joʻrabekov soʻzga chiqdi. U Umummilliy Liderning fenomenal shaxs sifatida yuqori baholab, uning yuksak siyosiy isteʼdodi, boshqaruvchilik qobiliyati, Oʻzbekistonga nisbatan doimo alohida munosabatda boʻlganini qayd etdi. Ismoil Joʻrabekov Haydar Aliyev haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashib, Moskvada ishlagan paytlaridagi oilaviy yaqinlik, shifoxanada davolanayotganida Umummilliy Liderning qilgan tashrifi, undan goʻzal hamda unutilmas xotiralar qolganini bildirdi.

Anjumanda Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari Agʻalar Valiyev, Javonshir Poshozoda, Malik Hasanov soʻzga chiqib, xalqlarni yetakchi milliy gʻoyalar atrofida birlashtirishga muvaffaq boʻlgan xarizmatik shaxslar xalqlar taqdiridagi rolini taʼkidlab, Umummilliy Lider Haydar Aliyevning Ozarbayjon mustaqilligining barpo etilishi, mustahkamlanishi va saqlanishida, tazyiqlarga qaramay milliy ruh, milliy ong va oʻzlikni anglashning tiklanishida, mustaqil Ozarbayjonning xalqaro maydonda munosib oʻrin egallashida xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlariga eʼtibor qaratdi.

Haydar Aliyev tomonidan tamal toshi qoʻyilgan oqilona siyosatning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan munosib davom ettirilayotgani, Ozarbayjonning milliy manfaatlari va qiziqishlarining qatʼiy himoyasi, Ozarbayjonning arman ishgʻolidan ozod etilgan hududlari, mamlakatimizning kundan-kunga rivojlanib borayotganini faxr bilan taʼkidlashdi.

Anjumanda Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi sobiq elchilari Ismatulla Ergashev, Abdulgʻafur Abdurahmonov Bokudagi diplomatik missiyani boshqargan vaqtida Haydar Aliyev bilan boʻlgan uchrashuvlar, muloqotlar, uning yuksak shaxsiy fazilatlari, oʻz davlati va xalqiga boʻlgan munosabati, ozarbayjon tiliga qaratgan gʻamxoʻrligi, Oʻzbekiston bilan boʻlgan munosabatlar, hamkorlikni mustahkamlash, davlatlarimiz oʻrtasida ittifoqchilikka alohida eʼtibor bergani, har bir oʻzbekistonlikni faxrlantirishini qayd etishdi.

Ular Haydar Aliyevning Sovet Ittifoqi rahbariyatida olib borgan faoliyati davomida Oʻzbekiston rahbari Sharof Rashidov bilan doʻstligi, doimo Oʻzbekistonga yordam koʻsatib kelganiga urgʻu qaratib, mustaqillik davrida Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan aloqalar mustamkamlangani, Haydar Aliyev merosi targʻib qilinayotgani, uning xotirasi Oʻzbekistonda ham abadiylashtirilayotganini quvonch bilan bildirishdi.

Soʻzga chiqqanlar Haydar Aliyevning oʻzbek xalqi uchun qilgan xizmatlari unutilmagani, Toshkentda Haydar Aliyev nomida koʻcha, bogʻ maydoni tashkil etilgani, Ozarbayjon Madaniyat Markazi faoliyat yuritayotgani hamda buyuk siyosatchi haqida oʻzbek tilida kitoblar nashr etilayotganini qayd etishdi.

Konferensiyada adabiyotshunos olim, tarjimon Boboxon Muhammad Sharif, tarixchi-olim Shuhrat Barlos va boshqalar Umummilliy Lider Haydar Aliyevni siyosatchi va shaxs, yetakchi, madaniyat, adabiyot va sanʼat haqida qaygʻurgan dunyoga mashhur siyosiy arbob sifatida tavsiflashdi.

28.04.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint