Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda Ozarbayjon teatr va kino sanʼatining shedevrlaridan biri boʻlgan “Qaynona” komediyası yangi mavsum repertuaridan joy oldi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Musiqali Teatrida Ozarbayjon teatr va kinematografiyasining shoh asarlaridan biri boʻlgan “Qaynona” komediyasi yangi mavsumda sahnaga qoʻyildi.

Avvalo, chiqish qilgan Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Musiqali Teatri direktori, Oʻzbekiston va Qozogʻistonda xizmat koʻrsatga artist Azim Mullaxonov Ozarbayjon asarlari doimo Oʻzbekistonda katta qiziqihs uygʻotgani, “Arshin mol olan”, “Layli va Majnun”, “Qaynona” asarlarining oʻzbek tomoshabini tomonidan sevib tomosha qilinishini qayd etdi.

U Oʻzbekiston teatr sahnalarida Ozarbayjon pyesalari, asarlarining sahnalashtirilishi har doim muhim voqea sifatida qabul qilinishini taʼkidladi. Azim Mullaxonov Ozarbayjon Madaniyat Markaziga hamkorlik va eʼtibor uchun minnatdorlik bildirib, ushbu anʼana kelgusida ham davom ettirilishini bildirdi.

Tadbirda chiqish qilgan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov xalqlarimiz orasidagi doʻstlik, qardoshlik tarixi haqida toʻxtalib, oʻtgan asrning boshlarida ozarbayjonliklarning Turkiston madaniy hayotida katta ahamiyat kasb etgani, Ozarbayjon mualliflarining asarlari Oʻzbekiston sahnasida qayta-qayta sahnalashtirilganini bildirdi. U ushbu anʼananing davomi sifatida Ozarbayjonda mashhur boʻlgan Majid Shamxalovning “Qaynona” asarining Oʻzbekiston sahnasida qoʻyilgani uchun Oʻzbekiston Madaniyat va Turizm vazirligiga minnatdorlik bildirdi.

Shundan soʻng, Muqimiy nomidagi O'zbekiston Davlat Musiqali Teatri bosh rejissori Doston Haqberdiyev tomonidan sahnalashtirilgan “Qaynona” spektakli namoyish etildi. Oʻzbek aktyor va akstrisalari repertuarlarida taqdim etilgan “Qaynona” spektaklida Jannat obrazini Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Muhabbat Sotvoldiyeva, Ofat va Zarifa obrazlarini Gulasal Rahmonova, Ayoz obrazini Omon Yoʻldoshev, Sevdo obrazini Arofat Ergasheva, Ilgʻor obraizni Ravshan Ibragimov, Sadoqatni esa Zilola Abdullayeva va boshqalar ijro etishdi.

Spektaklning musiqiy bastakori Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy Madaniyat Xodimi Karima Uzoqova, dirijori esa “Shuhrat” ordeni sohibi Akmal Toʻrayevdir.

Oʻzbek tilida taqdim etilgan tomoshada musiqalar ozarbayjoncha ijro etilib, koʻplab sahnalar tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi.

“Qaynona” komediyası Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Musiqali Teatrida bir hafta mobaynida ijro etilishi koʻzda tutilgan.

02.05.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint