Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon madaniyat vazirligi “Islom merosini o'rganamiz” loyihasini taqdim etadi


Ozarbayjon Madaniyat vazirligi "Islomiy merosimizni o'rganamiz" loyihasini amalga oshirishga kirishdi.



Loyiha doirasida Islom madaniyati yodgorliklari to'g'risidagi qisqa metrajli videoroliklar tayyorlanadi va taqdim etiladi.

Tayyorlangan birinchi videorolik Ganja shahridagi "Imomzoda" diniy majmuasiga bag'ishlangan.

"Imomzoda" Ganja shahridan etti kilometr uzoqlikda, Ganja davlat tarixiy-madaniy qo'riqxonasi hududida joylashgan. G'ishtin qabr atrofida kichik masjidlardan, karvon-saroy kabi uylardan, ravoq va tosh hamda g'isht devorlar bilan o'rab olingan yordamchi binolardan tashkil topgan diniy majmua yaratilgan.

Majmua ichida "Moviy gumbaz", "Moviy masjid" yoki "Moviy Imom"deb nomlanuvchi qabr bor. Mamlakatimizning eng qimmatbaho me'moriy yodgorliklaridan biri hisoblangan maqbarada beshinchi Imom Muhammad Bag'irning o'g'li Ibrohim dafn etilgan.

Turli vaqtlarda vayron qilingan bu ziyoratgoh 1946dan beri "Imomzoda" maqbarasi bo'lib xizmat qiladi. Keyingi yillarda, ayniqsa, umummilliy lider Haydar Aliyev Ozarbayjonga rahbarlik qilgan davrda majmuada tarixiy obida sifatida ta'mirlash-tiklash ishlari olib borildi. Sovet davrida bu rasmiy davlat ro'yxatidan o'tgan yagona ziyoratgoh edi. Ganjaning qadimiyligini tasdiqlovchi ushbu diniy yodgorlik ayni vaqtda shaharning Islom dunyosidagi ahamiyatini namoyish etadi.

Doimo mamlakatning diniy-tarixiy yodgorliklarini to'liq tiklash va ularni kelajak avlodlar uchun saqlab qolishga katta e'tibor bergan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning ko'rsatmasiga ko'ra, 2010-2015-yillarda "Imomzoda" majmuasida kapital ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Eslatib o'tamiz, ilgari Ozarbayjon madaniyat vazirligi tomonidan "Xristian merosimizni o’rganamiz" loyihasi amalga oshirildi, unda Davlat tomonidan himoyalangan cherkovlar va Ozarbayjonda xristian diniga oid boshqa ibodatxona va qadamjolar haqida videolar taqdim etildi.

28.04.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint