Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

27 sentyabr-Xotira kuni munosabati bilan O'zbekistonda shahidlarimizning aziz xotirasi ehtirom bilan yodga olindi va keng ko‘lamli tadbir o‘tkazildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida 27 sentyabr – Shahidlar xotirasi kuniga bag‘ishlangan katta tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xotira kunida Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Elchixonasi, O‘zbekiston fan, madaniyat va san'at arboblari, yozuvchi va shoirlar, talabalar, jurnalistlar, Ozarbayjon diasporasi a'zolari va ishbilarmonlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar tadbir avvalida markaz oldidagi Buyuk rahbar Haydar Aliyev haykali va shahidlar bog‘idagi yodgorlik majmuasiga gudastalar qo‘yishdi.

Madaniyat markazi foyesida ishtirokchilarga 27 sentyabr-Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan "44 kun: qahramonlik, g‘alaba va ozodlik" nomli kitob va fotoko‘rgazma taqdim etildi.

Tadbir oldidan, ishtirokchilar Vatan urushi shahidlari xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yod etdilar va shahidlarning aziz ruhlariga Qur'on surasi va duolar o‘qildi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori, elchixonaning birinchi kotibi Samir Abbasov 44 kunlik Vatan urushi, Armaniston tomonidan bosib olinigan tuproqlarimizni ozod qilinishi, Ozarbayjon askarlari va zobitlari tomonidan yozilgan qahramonlik solnomasi haqida gapirib, 27 sentyabr xalqimiz uchun ham qayg‘uli va ham faxrli sana ekanligini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sana deyarli 30 yil davomida arman istilosi ostida bo‘lgan Vatan yerlarini ozod qilishga ketgan yo‘lining boshlanishi edi.

Diplomat 44 kunlik Vatan urushida 3 mingdan ziyod askar va zobitlarimiz Vatan uchun shahid bo‘lish bilan birga, ozodlik va g‘alaba dostonini yozganliklarini ta'kidladi.

Samir Abbasovning ta'kidlashicha, Armaniston barcha xalqaro tamoyillarga zid ravishda suveren Ozarbayjon davlati hududini egallab olgan va bosib olingan hududlarda katta vahshiyliklar qilgan, barcha uylarni, infratuzilmani vayron qilgan, tarixiy va diniy yodgorliklarni yo‘q qilgan. U Oliy Bosh qo‘mondon, prezident Ilhom Aliyev ta'kidlaganidek, Qorabog‘ mojarosi allaqachon tugaganini va mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlash uchun Ozarbayjon Armanistonga 5 bandli tinchlik shartnomasi taklifini ilgari surganini ta'kidladi.

Direktor Samir Abbasov Armanistonning Ozarbayjon bilan chegaradagi so‘nggi provokatsiyalari Ozarbayjon tomonining ishg‘oldan ozod qilingan yerlarda qurilish ishlarini olib borishiga, qochqinlarni o‘z Vatanlariga qaytarishiga, keng ko‘lamli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga va tinchlik shartnomasini tuzishni sekinlashtirishga qaratilganganligini ta'kidladi.

Boshqa ma'ruzachilar-Ozarbayjon-Turkiya-O‘zbekiston ishbilarmonlari uyushmasi rahbari Ruslan Imonzoda, olima Ra'no Qodirova, o‘zbek jurnalistlari Sharofiddin To‘laganov, Xosiyat Rustam, Firuza Najmiddinova va boshqalar Armanistonning bosqinchilik siyosatining mintaqada yuz bergan fojialar, gumanitar falokat,Ozarbayjonning 10 minglab shahar va qishloqlarning yo‘q qilinishi, tarixiy yodgorliklarni vayron qilinishi, xududlarning minalashtirilishi bir millionga yaqin ozarbayjonlarning 30 yilga yaqin qochqinlik hayoti kechirganliklari uchun Armaniston bir davlat sifatida javobgar bo‘lishi va javob berishi kerakligini ta'kidladilar.

So‘zga chiqqanlar urush paytida Ozarbayjon armiyasidan farqli o‘laroq, Armaniston armiyasi mamlakatimizning Ganja, Bard, Terter, Mingachevir va boshqa aholi punktlarida harbiy jinoyatlar sodir etib, tinch aholini yirik halokatli raketalardan o‘qqa tutib o‘ldirgani xalqaro konvensiyalarga zid ekanligini qayd etdilar.

Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek Tili va adabiyoti Universiteti talabalari Ozarbayjon shahidlariga bag‘ishlangan she'riy kompozitsiya taqdim etdilar.

So‘ngra ishtirokchilarga 44 kunlik Vatan urushiga oid Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tayyorlangan video material namoyish etildi.

27.09.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint