Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ganira Pashayeva Buxorodagi Ozarbayjon diasporasi tashkilotiga tashrif buyurdi va Ozarbayjon uyida o‘tkazilgan do‘stlik tadbirida ishtirok etdi.


O‘zbekiston davlati mamlakatda barcha millatlarning o‘z ona tillari va madaniyatlarining rivojlanishi uchun sharoit yaratib kelmoqda.Xususan, Buxoro shahri ichida joylashgan Kogon shaharida Ozarbayjon diaspora tashkiloti uchun maxsus bino ajratdi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo‘mitasi raisi, Ozarbayjon va O‘zbekiston Parlamentlararo aloqalar bo‘yicha ishchi guruhi a'zosi Ganira Pashayeva O‘zbekistonda o‘tkazilgan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari doirasida Buxoro viloyatining Kogon shahrida faoliyat yuritayotgan Ozarbayjon diasporasi tashkilotiga tashrif buyurdi va mahalliy ozarbayjonlar hamda shahar rahbari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov, Buxoro viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi tashkiloti rahbari Komron Boboyev ham ishtirok etdi.

Buxoro viloyati Kogon shahri hokimi Hayot Davlatov ozarbayjonlik mehmonni qutlar ekan, Ozarbayjon bilan tarixiy do‘stlik, til, din va madaniyat yaqinligi haqida gapirib, Buxorodagi ozarbayjonlar O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida doimiy ravishda faol ishtirok etib kelayotganliklarini ta'kidladi.

Buxoro viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi tashkiloti rahbari Komron Boboyev mehmonlarni qutlar ekan, o‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilot faoliyati, uning ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikka qo‘shgan hissasi haqida gapirdi. U Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo‘mitasi raisi,Ozarbayjon-O‘zbekiston parlamentlararo aloqalar bo‘yicha ishchi guruh a'zosi Ganira Pashayeva va ozarbayjonlik mehmonlarning Buxoroga tashrifini,diaspora tashkilotiga tashrifini yuqori baholadi va ilk marotaba viloyatda o‘tkazilgan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarini ulkan madaniy voqea deb atadi.

Ozarbayjon delegatsiyasi ishtirokidagi tashrif chog‘ida Ganira Pashayeva Buxoro haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, ushbu qadimiy shaharga avvalgi safarini esladi va samimiy so‘zlar bilan o‘rtoqlashdi. Qo‘mita raisi qardosh o‘lkada yashab, mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning ijtimoiy-madaniy, ilmiy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa amaliy faoliyat sohalarida yetakchi o‘rin tutishidan xursand ekanini, tarixiy do‘stligimiz, xalqlar o‘rtasidagi yaqinligimiz haqida so‘z yuritdi.

Qo‘mita raisi davlatimizning diaspora siyosati,dunyoning boshqa o‘lkalarida yashagan ozarbayjonlarning o‘z tarixiy vataniga, istiqomat qilayotgan mamlakatlar bilan Ozarbayjon o‘rtasida do‘stlik ko‘prigi yaratishga chaqirdi.

O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni kengaytirish va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirdi. Diplomat milliy madaniyatimizni targ‘ib qilish maqsadida Toshkent va viloyatlarda joylashgan diaspora tashkilotlari bilan muntazam hamkorlik olib borilayotganini, ularga Ozarbayjon madaniyatiga oid ko‘plab kitoblar, rasmlar, ko‘rgazmali qurollar, shuningdek, tadbirlarda namoyish etish uchun nashrlar, suvenirlar, milliy liboslar berilayotganini ta'kidladi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistondagi mashhur ozarbayjonlarning xotirasi abadiylashtirildi, ularning byustlari o‘rnatildi, ular yashagan uylarga bareleflar qo‘yildi. Tashrif davomida Samir Abbasov O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bo‘yicha Buxorodagi diaspora tashkilotiga Ozarbayjonga oid o‘zbek tilidagi 56 ta kitobni hadya qildi.

Uchrashuvda diaspora faollari, shuningdek, yoshlar bilan keng fikr almashildi.G. Pashayeva ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrlari va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Tashkil etilgan madaniy dasturda Ozarbayjon va o‘zbek musiqa va raqslari ijro etildi. Qo‘mita raisi diaspora tashkiloti va faollariga Qorabog‘ motivli esdalik sovg‘alari topshirdi.

01.11.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint