Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon va O'zbek maqollarining ikki tildagi nashri chop etildi.


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining “Milliy ma'naviy, adabiy qadriyatlarni targ'ib qilish, tarjima qilish va nashr etish”loyihasi doirasida O'zbekistonda Ozarbayjon va o'zbek xalq ijodiga oid maqollar kitobi nashr etildi.

Bu nashr Ozarbayjon va o'zbek xalqlarining mushtarak tarixiy, madaniy, adabiy ildizlariga ega ekanligini, bugungi kunda mavjud bo'lgan do'stlik, qardoshlik aloqalari va adabiy aloqalarga yana bir tuhfa bo'ldi.

Ozarbayjon tomonidan ushbu nashrni tilimizga filologiya bo'yicha falsafa doktori Kerimulla Mammadzoda, O'zbekiston tomonidan esa yosh ilmiy tadqiqotchi Shohista Ortiqova-Kamranlilar o'girdilar.

So'zboshi muallifi, O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov, so'z insoniyatning eng qimmatli boyligi ekanligini ta'kidlab, har bir xalq, jamiyat, o'z so'zi bilan tanilib, tarixda qolishini ta'kidladi. Samir Abbasovning ta'kidlashicha, so'zning ma'nosi va xalq ijodidagi o'rni katta bo'lib, ming yillar davomida ilm-fan, donolik, yuksak axloqiy qadriyat mezonlaridan suzilib kelgan dono ota-bobolarimizning hikmatlaridir.Direktor Ozarbayjon xalqi bilan bir xil ildizlarga ega bo'lgan o'zbek xalqini, milliy va ma'naviy qadriyatlarini, umumiy tarixiy o'tmishini, umumiy mumtoz she'riyatini ikki qardosh xalqning og'zaki adabiyoti,va badiiy ijodi bir buloqdan oqqan chashma deb ta'rifladi.

Nashrda ta'kidlashicha, maqol va matallar xalqning donoligi, aql-zakovati va hayotiy tajribasining badiiy ifodasidir. Bir so'z bilan aytganda, tilimizning tiniqligi, chuqur ma'no ifodalashning ixchamligi kabi ajoyib xususiyatlari maqollarda yaxshi aks ettirilgan. Maqollar yosh avlodning shakllanishiga ta'sir qilib, yoshlarning yuksak insoniy fazilatlarga ega shaxs bo'lib shakllanishiga, hayotiy bilim, ta'lim-tarbiya olishiga ko'maklashadi.

Nashrda Ozarbayjon maqollari O'zbek tiliga, O'zbek maqollari esa Ozarbayjon tiliga tarjima qilindi. Joriy yilning 6 aprel kuni Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining rasmiy ochilish marosimi doirasida O'zbekiston Milliy kutubxonasida "Maqol va matallar" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotda har ikki mamlakat olimlari, madaniyat arboblari ishtirok etdilar.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining xabar berishicha, "Maqol va matallar" kitobi Ozarbayjon va O'zbekistonning yetakchi kutubxonalariga, shuningdek, xalq og'zaki adabiyoti va folklor sohasida ishlaydigan ilmiy-tadqiqot muassasalariga sovg'a qilinadi

13.04.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint