Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Qorabog‘” mug‘om guruhi a’zolari O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurishdi.


Ozarbayjon Xalqaro maqom markazi huzuridagi «Qorabog‘» maqom guruhi a’zolari – xalq artistlari Mansum Ibragimov va Elchin Gashimov, xizmat ko‘rsatgan artist Elnur Ahmedov va zarbchi sozanda Vusal Bayramov O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga bo‘lishdi.

Mehmonlar dastlab majmua hovlisida buyuk davlat arbobi Haydar Aliyev xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gul qo‘yishdi.

Markaz direktori Samir Abbosov hamyurtlariga 2010 yil Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning mamlakatimizga tashrifi chog‘ida ochilgan Haydar Aliyev nomli Madaniyat Markazi faoliyati haqida batafsil so‘zlab berdi.

Taniqli san’atkorlar bu yerdagi Haydar Aliyev muzeyi, shuningdek Ozarbayjon davlatchiligi tarixi va O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stligi muzeylarini tomosha qilishdi. Kichik sayohat davomida ular millat yetakchisi hayoti va faoliyatining turli yillari bilan bog‘liq muhim voqealar aks etgan materiallar, turli mamlakatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar muhrlangan foto-hujjatlar, Ozarbayjonning turli davrlarga oid xaritasi, tarixiy faktlar, buyuk shaxslar haqidagi ma’lumotlardan boxabar bo‘ldilar.

Eslatib oʻtamiz, bir kun avval Toshkentdagi «Turkiston» san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Ozarbayjon Xalqaro maqom markazi hamkorligida tashkil etilgan «Do‘stlik ko‘prigi» katta konsert dasturi namoyish etilgan edi.

02.05.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint